Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent shahrida fuqarolarni AQShga yuborishni va’da qilgan shaxsni ushladi.

Uchtepa tumanida X.I. fuqarolar M.A., B.S. va A.A.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Turkiya davlati orqali Amerika Qo‘shma Shtatlariga ishga yuborishni aytgan. Evaziga 46 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Chilonzor tumanda esa H.R. fuqaro D.A.ga tanishlari yordamida Koreya davlatiga borish uchun viza olib berish va ishga yuborishi evaziga 1200 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.