Toshkent shahrining Bektemir, Yunusobod, Sergeli, Yakkasaroy tumanlarida gaz ta’minoti qisman to‘xtatiladi, deya xabar qildi “Hududgaz Poytaxt”.

Bunga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari doirasida gaz ta’minoti tizimida ta’mirlash va sozlash ishlari olib borilishi sabab sifatida ko‘rsatilgan. Shu munosabat bilan yuqorida qayd etilgan tumanlarning ba’zi mahalla va ko‘chalarida 6-oktabr kuni gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Bektemir tumanida 11:00 dan 15:00 gacha:

  • “Iyk Ota” mahallasi;
  • “Gulbog‘” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 36 ta.

Yunusobod tumanida 10:00 dan 16:00 gacha:

  • “Posira” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 1 ta.

Sergeli tumanida 14:00 dan 17:00 gacha:

  • “Farog‘atli” mahallasi;
  • “Xonobodtepa” mahallasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 5 ta.

Yakkasaroy tumanida 10:00 dan 17:00 gacha:

  • Qushbegi mavzesidagi 11 ta ko‘p qavatli uylar;
  • Boshliq ko‘chasi;
  • Ulgurji iste’molchilar — 11 ta.