sentabr va oktabr oylarida Xitoyning Xanjou shahri XIX Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda. Bir qator sport turlarida ishtirokini boshlagan O‘zbekiston sportchilari quvonarli natijalarni qo‘lga kiritmoqda. Jumladan, O‘zbekistonda endi rivojlanishni boshlagan yosh sport turlaridan biri zamonaviy beshkurash sport turida bahslarga kirishgan sportchi Alise Faxrutdinova ham ishtirok etdi.

реклама

Musobaqada zamonaviy beshkurash bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslari yakunlandi. Uni Tokio-2020 Olimpiadasi qatnashchisi Alise Faxrutdinova 1327 ochko bilan yettinchi o‘rinda tugatdi. Quvonarlisi, ushbu natija beshkurashchiga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini taqdim qildi.

Xalqaro zamonaviy beshkurash sport turlari prezidenti Klaus Shormann ham sportchining natijalarini alohida ta’kidlab qutladi.

реклама

O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi respublika sportchilarini tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu sport turini rivojlanishiga Life Group Business kompaniyasi ham o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Ushbu hamkorlik natijasida kurashchilar turli xalqaro turnirlarda muvaffaqiyat qozonishmoqda, shu jumladan, Parijdagi 2024-yilgi o‘yinlarga yo‘llanma olishdi.

Reklama.