Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
24 oktabr 2023, 10:08

Navoiy viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Erkin Kamolov Navoiy viloyati hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘ldi.

“Davlat budjetining har bir satriga aniq mas’ullar biriktiriladi” — prezident
24 oktabr 2023, 10:05

“Davlat budjetining har bir satriga aniq mas’ullar biriktiriladi” — prezident

Prezident endilikda davlat budjetining har bir satri bo‘yicha aniq shaxslar javobgar bo‘lishini ma’lum qildi. U budjet intizomini kuchaytirish zarurligini, budjet mablag‘lari hisobidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga yo‘l qo‘ymaslik hamda ochiq-oshkora tanlov va tenderlar o‘tkazishni kengaytirishni ta’kidladi.

Transport vazirligi Toshkentda tirbandlikni qayd etdi
24 oktabr 2023, 09:22

Transport vazirligi Toshkentda tirbandlikni qayd etdi

Toshkentning bir qancha asosiy ko‘chalarida ketayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari “boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklamalar hosil qildi”, — deyiladi Transport vazirligi xabarida. Bu, o‘z navbatida, “barcha ko‘chalarda transport vositalari, jumladan, avtobuslar tezligining pasayishiga olib keldi”.

USAID O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshiradi
24 oktabr 2023, 08:48

USAID O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash dasturini amalga oshiradi

AQSh O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi dasturni amalga oshiradi, deya ma’lum qildi USAID rahbari Samanta Pauer Toshkentdagi maktablardan biriga tashrifi chog‘ida. Dasturning birinchi yili uchun 4,5 mln dollar ajratildi.

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi protokolni imzoladi
23 oktabr 2023, 23:32

Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi to‘g‘risidagi protokolni imzoladi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokolni imzoladi. Endi u Turkiya parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. Shvetsiya bosh vaziri mamlakat alyansga a’zo bo‘lish imkoniyatini “intizorlik bilan kutayotganini” ta’kidladi.

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy binolar qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 oktabr 2023, 22:46

Toshkent viloyatidagi dendroparkda noqonuniy binolar qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent viloyatida dendroparkda 2017-yildan buyon qator obyektlar noqonuniy qurilgani va qimmatbaho daraxtlar kesilgani holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. O‘rmon xo‘jaligi agentligi, “Darxon” stansiyasi, Toshkent tumani hokimligi xodimlari va boshqalarga qarshi ish qo‘zg‘atilgan.

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Ukrainadagi urushda qatnashishdan bosh tortgan migrantlarni fuqarolikdan mahrum qilishni taklif etdi
23 oktabr 2023, 22:28

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Ukrainadagi urushda qatnashishdan bosh tortgan migrantlarni fuqarolikdan mahrum qilishni taklif etdi

Rossiya Tergov qo‘mitasi rahbari Rossiya pasportini olgan migrantlarga Ukrainadagi urushda qatnashishni taklif qilish, rad etganlarni fuqarolikdan mahrum qilish taklifini bildirdi. Avgustdan buyon Rossiyada “yangi” fuqarolarga qarshi reydlar o‘tkazilib, voyenkomatlarga olib ketilib, chaqiruv qog‘ozlari berilmoqda.

Toshkentda BYD haydovchisi piyodalar o‘tish joyida maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi
23 oktabr 2023, 21:58

Toshkentda BYD haydovchisi piyodalar o‘tish joyida maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi

Toshkentda 22 yoshli haydovchi qizil chiroqda qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, maktab o‘quvchisini urib yuborishiga oz qoldi. Salonda turib olingan xavfli mashina haydash holati Instagram`ga joylandi. YHXBB xodimlari bayonnoma tuzib, “profilaktik suhbat” o‘tkazdi. Haydovchi 3,3 mln so‘m jarimaga tortilishi mumkin.

Spot: Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining oshirilishi xaridorlar sonini kamaytirdi
23 oktabr 2023, 21:36

Spot: Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining oshirilishi xaridorlar sonini kamaytirdi

Birjada Ai-80 benzinini sotish limitining 5 tonnadan 10 tonnaga oshirilishi talabning bir necha barobar ortishiga va xaridorlarning ikki baravar qisqarishiga olib keldi, deb yozmoqda Spot. Ayrim AYOQSHlar faoliyatini to‘xtatdi. Birjada narx cheklovi ham kiritilgan bo‘lib, bu “bozor tamoyillariga zid”.

“Og‘zimizni yopishni xohlashyapti”. Advokatlar so‘z erkinligini cheklaydigan axloq qoidalariga qo‘shimchalar kiritilishiga qarshi
23 oktabr 2023, 20:48

“Og‘zimizni yopishni xohlashyapti”. Advokatlar so‘z erkinligini cheklaydigan axloq qoidalariga qo‘shimchalar kiritilishiga qarshi

Advokatlar palatasi Kasb etikasi qoidalariga advokatlarning davlat organlari va mansabdorlarni muhokama qilish, “odamlarda islohotlarga ishonchsizlik tuyg‘usini uyg‘otishi mumkin bo‘lgan” materiallarni joylashtirishni taqiqlovchi qo‘shimchalar ishlab chiqdi. Advokatlarga ko‘ra, bu “advokatlarning og‘zini yopish”dir.

USAID O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va xususiy sektorni mustahkamlash uchun 14 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratadi
23 oktabr 2023, 18:08

USAID O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash va xususiy sektorni mustahkamlash uchun 14 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratadi

Toshkentga tashrif buyurgan USAID administratori Samanta Pauer O‘zbekiston xalqini qo‘llab-quvvatlash uchun 14 mln dollardan ortiq mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. Xususan, mablag‘lar sil kasalligi, epidemiya va pandemiya tahdidiga qarshi kurash, shuningdek, xususiy sektorni mustahkamlashga yo‘naltiriladi.

O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Sentabrda mamlakatga 286 mln dollarlik gaz olib kirildi
23 oktabr 2023, 18:00

O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Sentabrda mamlakatga 286 mln dollarlik gaz olib kirildi

To‘qqiz oy ichida O‘zbekiston gazni eksport qilishdan ko‘ra ko‘proq import qildi. Birgina sentabr oyida 286,1 million dollarlik gaz sotib olindi, bu avvalgi sakkiz oyga nisbatan 40 foizga ko‘pdir.

O‘zbekiston Qirg‘izistonga bitta harbiy vertolyot sovg‘a qildi, yana birini ta’mirlab berdi
23 oktabr 2023, 17:32

O‘zbekiston Qirg‘izistonga bitta harbiy vertolyot sovg‘a qildi, yana birini ta’mirlab berdi

2021-yilda O‘zbekiston Qirg‘izistonga MI-8MTV harbiy vertolyotini sovg‘a qilgan. Qirg‘iziston yana bir shunday samolyotni ta’mirlash uchun O‘zbekistonga yuborgan. Mudofaa vazirligi ta’mirlash ishlarini to‘liq o‘z zimmasiga olgan va hozirda ta’mirdan chiqqan vertolyotni Qirg‘izistonga qaytardi.

Chery tadqiqot va yangi ishlanmalarga 100 mlrd yuan sarmoya kiritadi
23 oktabr 2023, 17:00

Chery tadqiqot va yangi ishlanmalarga 100 mlrd yuan sarmoya kiritadi

Chery avtomobil brendi keyingi besh yil ichida texnologik tadqiqotlar va ishlanmalarga 100 mlrd yuan sarmoya kiritishni hamda dunyo bo‘ylab 300 ta Chery texnologiya laboratoriyalarini qurishni rejalashtirmoqda.

YUNESKO o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi
23 oktabr 2023, 16:06

YUNESKO o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi

YUNESKO Interpol bilan birgalikda o‘g‘irlangan madaniy yodgorliklarning virtual muzeyini yaratadi. Tashrif buyuruvchilar unda butun dunyodagi muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan o‘g‘irlangan artefaktlarning 3D modellarini ko‘rishi mumkin bo‘ladi.

“Dok-1 Maks” siropi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa ham, sotuviga ruxsat berilgan
23 oktabr 2023, 15:59

“Dok-1 Maks” siropi qayta ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa ham, sotuviga ruxsat berilgan

“Dok-1 Maks” siropi 2021-yilda qayta ro‘yxatdan o‘tayotganda GMP sertifikati bo‘lmasa-da, 2 oy mobaynida sotuvi davom etgan. Bu davrda zaharli moddasi bo‘lgan 40 mingga yaqin flakon mamlakatga kirgan. Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari buni dorilar sertifikat bor paytda ishlab chiqarilgani bilan izohladi.

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
23 oktabr 2023, 15:54

Navoiydagi YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Navoiy viloyati Tomdi tumanida Nexia-2 ag‘darilib ketishi oqibatida 3 kishi vafot etdi.

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi
23 oktabr 2023, 14:38

O‘zbekistonda ikki yilda suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ajratildi, biroq suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi

Ikki yil davomida O‘zbekistonda davlat budjetidan suv xo‘jaligiga qariyb 2 mlrd dollar ($2,54 mlrd davlat qarzini hisobga olmaganda) ajratildi, ammo bu vaqt ichida suv isrofi va nasoslarning holati yaxshilanmadi. Sohaga 2024-yilda yana 1,7 trln so‘m va 300 mln dollarlik kredit ajratish rejalashtirilgan.

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy jami 9,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi
23 oktabr 2023, 12:09

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy jami 9,5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Samarqanddagi 9 ta ko‘p qavatli uy qariyb 9 mlrd 535 mln so‘mlik tabiiy gazdan, 2 ta ko‘p qavatli uy esa 64 mln 800 ming so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
23 oktabr 2023, 11:56

Surxondaryodagi “zapravka”da “Jiguli” portlashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Denov tumanidagi gaz quyish shoxobchasida “VAZ-2106” avtomashinasining gaz balloni portladi. Oqibatda yonilg‘i quyish shoxobchasi xodimi va bir haydovchi halok bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting