16-oktabr kuni Xitoyning Uxu shahrida Chery Tech Day — 2023 ko‘rgazmasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

chery, реклама

1300 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, hukumat vakillari, ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari vakillari, soha mutaxassislari, xalqaro hamkorlar, Chery brendi foydalanuvchilari va muhimi, 600 nafar xalqaro ommaviy axborot vositalari vakillari, xodimlar va foydalanuvchilarning do‘stlari texnologik bayramning guvohi bo‘ldi.

chery, реклама

Texnika kuni davomida Chery o‘zining C-DM nomi bilan tanilgan super-gibrid platformasi yanada rivojlanganini namoyish etdi. Platforma maxsus Chery 1,5 Turbo gibrid dvigateli, Chery kompaniyasining innovatsion 3 bosqichli DHT gibrid uzatmasi, uch elementli litiy batareya va akkumulyatorlarni boshqarish tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu o‘z navbatida uchta asosiy afzallikni ta’minlaydi:

  • har tomonlama yuqori unumdorlik;
  • barqaror yuqori energiya samaradorlik;
  • akkumulyator ishlashida xavfsizlik.

Tizim yana 44,5% dan ortiq issiqlik samaradorligi, 4,26 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqish va 18 daqiqada 30% dan 80% gacha o‘ta tez quvvatlash kabi afzalliklarga ega bo‘lgan. Ushbu yangilanishlar foydalanish tajribasini umumiy yaxshilashga yordam beradi.

chery, реклама

Partiya qo‘mitasi kotibi va Chery Holding guruhi raisi In Ton’yue Chery kelgusi besh yil ichida turli texnologik tadqiqotlar va ishlanmalarga 100 mlrd yuan sarmoya kiritishni rejalashtirayotganini, shu bilan birga butun dunyo bo‘ylab 300 ta Chery texnologiya laboratoriyalari qurishni rejalashtirganini ma’lum qildi.

Chery tashkil topganidan beri texnologik, mahsulot, model va tizim innovatsiyasi sohalarida izchil izlanishlar olib boradi. Kompaniya yillik savdo daromadining 5−7% ni mustaqil tadqiqot va ishlanmalarga ajratadi. Kompaniya chuqur takomillashib, strategik jihatdan yaxshilanmoqda, asosiy texnologik qiyinchiliklarni yengib, avtomobilsozlik sanoatining turli sohalarida o‘zini namoyon qilmoqda. Bu innovatsion texnologik yutuqlar keyinchalik ommaviy ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tatbiq etilib, ishonchli texnologik kuch yaratiladi.

chery, реклама

Chery global istiqbolga ega bo‘lgan Xitoyning birinchi mustaqil avtomobil kompaniyalaridan biri edi. 2001-yilda Chery xalqaro sayohatini boshladi. Bugungi kunda Chery o‘zining texnologik afzalliklaridan foydalangan holda, Uxu, Shanxay, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa va Markaziy Osiyoda oltita yirik ilmiy-tadqiqot markazlarini, shuningdek, o‘nta xorijiy zavodlarni ishga tushirdi. Mahsulotlar dunyoning 80 dan ortiq mamlakatlari va mintaqalariga, jumladan, Braziliya, Misr, Chili, Janubiy Afrikaga eksport qilinadi va global foydalanuvchi bazasi 12 mln dan oshadi. Chery 20 yil ketma-ket Xitoyning eng yirik yengil avtomobillar eksporti brendlaridan biri unvoniga ega bo‘lgan.

chery, реклама

Chery Technical Day — 2023 — bu nafaqat texnologik bayram, balki Chery foydalanuvchilari hamjamiyatining yig‘ilishidir. Chery butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarni brendga mehr qo‘yish va ularni Xitoy avtomobillari bilan tanishtirishni maqsad qilgan bo‘lib, asosiy texnologiya va ilg‘or ilm-fan sohasida innovatsiyalarni davom ettiradi.

chery, реклама

Tashkil etilganidan beri Chery globallashuv strategiyasini amalga oshirdi va xalqaro raqobatbardosh hamda ta’sirga ega bo‘lgan avtomobil brendini yaratish bo‘yicha korporativ qarashlarga asoslanib, doimo texnologik rivojlanishga rioya qilib kelmoqda.

Texnologik innovatsiyalarning doimiy izlanishlariga tayangan holda Chery jahon bozoriga komplekt avtomobillar, CKD qismlari, dvigatellar, ishlab chiqarish texnologiyasi va uskunalarini eksport qilgan Xitoy birinchi yengil avtomobil kompaniyalaridan biriga aylandi. 26 yillik rivojlanishdan so‘ng Chery savdo va xizmat ko‘rsatish tarmog‘i 80 dan ortiq mamlakat va mintaqalarni qamrab oladi, dunyo bo‘ylab 12 mln dan ortiq foydalanuvchiga ega.

chery, реклама

Ushbu tadbirda Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyasi vakillari ham ishtirok etdi.

Batafsil ma’lumotni quyidagi havola orqali olish mumkin.

Telefon: (+998) 71−276−55−55.

Sayt: cheryauto.uz
Facebook: fb.com/CheryUzbekistan
Instagram: @cheryuzbekistan
Telegram: t.me/cheryuzbekistan
Telegram-bot: t.me/cheryuzbekistanbot
YouTube: Cheryuzbekistan

Reklama huquqlari asosida.