Urganch shahriga hokim tasdiqlandi
11 noyabr 2023, 10:45

Urganch shahriga hokim tasdiqlandi

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Bunyod Rajabov Xorazmning Urganch shahriga hokim etib tasdiqlandi. Sobiq hokim bir necha kun oldin Shovot tumani hokimi bo‘lgandi.

Toshkent shahrida 13-tumanni tashkil etish rejalashtirilmoqda
11 noyabr 2023, 10:28

Toshkent shahrida 13-tumanni tashkil etish rejalashtirilmoqda

Toshkent shahrida “Yangi Toshkent” deb nomlanadigan 13-tumanni tashkil etish loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Oshqovoqdan taom va pishiriqlar
11 noyabr 2023, 10:00

Oshqovoqdan taom va pishiriqlar

Oshqovoqli sho‘rva, tatarcha burma, latte, amerikancha pirog, gulsimon somsalar yoki shokoladli pechene — qovoqdan mazali taomlardan tashqari shirin yeguliklar ham tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz noodatiy retseptlar bilan bo‘lishadi.

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor
10 noyabr 2023, 22:13

Toshkentda bir kunda ikkita yo‘lovchi avtobusi YTHga uchradi, jabrlanganlar bor

Toshkentda bir kunda yo‘lovchi avtobuslari ishtirokida ikkita YTH sodir bo‘ldi. Avvalroq Yashnobod tumanida 21-sonli avtobus yo‘l o‘rtasida turgan yengil avtomobil bilan to‘qnashgan edi, Mirzo Ulug‘bek tumanida esa qayrilib olmoqchi bo‘lgan 151-sonli avtobusning old qismiga avtomobil urilgan.

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini bekor qildi
10 noyabr 2023, 21:37

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini bekor qildi

Qirg‘iziston Konstitutsiyaviy sudi voyaga yetgan fuqarolarning ota ismi o‘rniga onasining ismini tanlash huquqini beruvchi qarorini bekor qildi. Aholining katta qismi ona ismini olish institutini qirg‘iz xalqining axloqiy asoslari va an’analariga tahdid soluvchi salbiy hodisa sifatida qabul qilgan.

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?
10 noyabr 2023, 21:27

Toshkentda dam olish kunlari qayerlarga borish mumkin?

“Kapitan Marvel 2” va yana 7 ta premera, do‘konlardagi chegirmalar va aksiyalar, “NeUyat” va “Ayol yo‘li” festivallari, Tarkan konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va kvizlar, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Ombudsman BMT ekspertlarining Dauletmurat Tajimuratov haqidagi bayonotiga javob berdi
10 noyabr 2023, 20:42

Ombudsman BMT ekspertlarining Dauletmurat Tajimuratov haqidagi bayonotiga javob berdi

BMT mustaqil ekspertlari huquq himoyachisi Dauletmurat Tajimuratov 2022-yil iyulida Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan voqealar yuzasidan Urganchdagi 11-tergov izolyatorida jismoniy va ruhiy bosimga uchraganini ma’lum qildi. O‘zbekiston Ombudsman idorasi Tajimuratov qiynoqlar haqida xabar bermaganini bildirdi.

Toshkentda mast holda piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan amaldor 4,5 yilga qamaldi
10 noyabr 2023, 20:16

Toshkentda mast holda piyodani urib yuborib, o‘limiga sababchi bo‘lgan amaldor 4,5 yilga qamaldi

Iyunda Toshkentda Maktabgacha ta’lim agentligining sobiq xodimi mast holda Nexia avtomobilida bir ayolni urib yuborgan edi. Piyoda ko‘plab jarohatlar tufayli kasalxonada vafot etdi. Uning qizi 100 mln so‘m tovon pulidan bosh tortdi va suddan aybdorni jazolashni so‘radi. Haydovchi 4,5 yilga qamaldi.

Tug‘ilgan kun sharafiga chegirma: Click-Premium`ni 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin
10 noyabr 2023, 17:00

Tug‘ilgan kun sharafiga chegirma: Click-Premium`ni 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin

10−12-noyabr kunlari Click ilovasida Premium-obunani atigi 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Obunaning odatiy narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi.

Toshkentda bir erkak juma namozi vaqtida olamdan o‘tdi
10 noyabr 2023, 16:47

Toshkentda bir erkak juma namozi vaqtida olamdan o‘tdi

Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.

Saudiya Arabistonining Vision invest kompaniyasi Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochdi
10 noyabr 2023, 16:36

Saudiya Arabistonining Vision invest kompaniyasi Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochdi

ACWA Power kompaniyasi aksiyadori bo‘lmish Vision invest xoldingi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni boshqarish uchun Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochmoqda.

Aksa Enerji O‘zbekistonda 250 mln dollarga gaz porshenli elektr stansiyasini quradi
10 noyabr 2023, 16:28

Aksa Enerji O‘zbekistonda 250 mln dollarga gaz porshenli elektr stansiyasini quradi

Turkiyaning Aksa Enerji kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida quvvati 400MVt bo‘lgan gaz porshenli elektr stansiyasi qurilishiga 250 mln dollar sarmoya kiritadi. Kompaniya avval Buxoro va Toshkent viloyatlarida ham ikkita IES qurgan.

“Mablag‘larimiz o‘z natijasini ko‘rsatmayapti”. Alisher Qodirov — o‘qituvchilarga ajratilayotgan pullar haqida
10 noyabr 2023, 16:21

“Mablag‘larimiz o‘z natijasini ko‘rsatmayapti”. Alisher Qodirov — o‘qituvchilarga ajratilayotgan pullar haqida

O‘qituvchilarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari o‘z samarasini ko‘rsatmayapti, deya ta’kidladi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov. 2024-yilgi davlat budjetida o‘qituvchilarning oylik maoshi uchun 35 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston va Italiya hamkorligi bo‘yicha bir nechta shartnoma imzolandi
10 noyabr 2023, 16:10

O‘zbekiston va Italiya hamkorligi bo‘yicha bir nechta shartnoma imzolandi

O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish, shuningdek, ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Turkmaniston Iroqqa gaz yetkazib beradi
10 noyabr 2023, 15:32

Turkmaniston Iroqqa gaz yetkazib beradi

Turkmaniston Iroq bilan gazni Eron orqali yetkazib berish borasida kelishib oldi. Protokol yiliga 9 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha 5 yillik shartnomani nazarda tutadi.

O‘zbekiston va Italiya 2024-yilda Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi
10 noyabr 2023, 15:18

O‘zbekiston va Italiya 2024-yilda Strategik muloqotning birinchi yig‘ilishini o‘tkazadi

Toshkentda O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlari forumini tashkil etish va uning ilk yig‘ilishini kelasi yili Samarqandda o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma ta’lim forumini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi
10 noyabr 2023, 14:41

Toshkentda MAN avtobusi Nexia bilan to‘qnashdi

Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.

“Ularning hammasi ham qo‘shimcha daromad topavermaydi”. Madaniyat vazirligi — san’atkorlarning uy-joy olishiga subsidiya ajratish taklifi haqida
10 noyabr 2023, 13:07

“Ularning hammasi ham qo‘shimcha daromad topavermaydi”. Madaniyat vazirligi — san’atkorlarning uy-joy olishiga subsidiya ajratish taklifi haqida

Madaniyat vazirligi soha vakillarining uy olishida to‘lovning 50 foizini qoplab berishni taklif qildi. Loyiha muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bunga munosabat bildirarkan, “soha vakillarining hammasi ham to‘y-hasham yoki boshqa tadbirlardan qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidladi.

“Yagona yo‘limiz — hosildorlikni keskin oshirish orqali tannarxni kamaytirish”. Prezident qishloq xo‘jaligini rivojlantirish haqida
10 noyabr 2023, 12:13

“Yagona yo‘limiz — hosildorlikni keskin oshirish orqali tannarxni kamaytirish”. Prezident qishloq xo‘jaligini rivojlantirish haqida

Prezident bog‘ va tokzorlarni yiliga kamida bir marta xatlovdan o‘tkazish, samarasiz deb topilsa, yer solig‘idan berilgan imtiyozni bekor qilish haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, go‘sht, tuxum va sut ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, kreditlar muddatini oshirish va boshqa vazifalarni belgiladi.

"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting