9-noyabr kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Vision invest kompaniyasi prezidenti va bosh ijrochi direktori Omar Ol-Midaniy bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda energetika, infratuzilmani rivojlantirish va telekommunikatsiya texnologiyalari, shuningdek, suv resurslaridan foydalanish sohalarida yangi sarmoyaviy tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

acwa power, vision invest

Saudiya tomoni qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni samarali boshqarish uchun 10-noyabr kuni Toshkentda mintaqaviy vakolatxona ochayotganini ma’lum qildi.

Vision invest energetika, suv ta’minoti, qurilish va transport sohalaridagi aktivlari 50 milliard dollardan ortiq bo‘lgan infratuzilma xoldingi hisoblanadi, deb yozadi Spot. Ular orasida ACWA Power, sovutish uskunalari provayderi Saudi Tabreed va santexnika operatori Miahona ham bor.

Kompaniya boshqaruvidagi aktivlarning qiymati 96 milliard dollarni tashkil qiladi.