Bunyod Madirimovich Rajabov Xorazm viloyati Urganch shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Rajabov tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Rajabov, shuningdek, Urganch tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ham ishlagan.

2019-yildan buyon Urganch shahri hokimi vazifasida ishlab kelgan Oybek Xolboyev bir necha kun ilgari viloyatning Shovot tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangandi.