Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
16 dekabr 2023, 10:25

Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 48-yalpi majlisi 18-dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda qilinayotgan ishlar yuzasidan vazirlik axboroti eshitiladi.

Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
16 dekabr 2023, 09:55

Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 16−18-dekabr kunlari qor ko‘chishi mumkin.

Smart Ecosystem muvaffaqiyatli sotuvlar uchun mahsulot taqdim etdi
15 dekabr 2023, 19:00

Smart Ecosystem muvaffaqiyatli sotuvlar uchun mahsulot taqdim etdi

Bir necha yillar davomida Smart Ecosystem tadbirkorlarga biznesni sodda, tez va oson yuritish imkonini beruvchi yechimlarni taklif etib kelmoqda.

Xorazmdagi bog‘chada bolalarni tayoq bilan urib, tepib mashg‘ulot o‘tgan tarbiyachilar ishdan olindi
15 dekabr 2023, 18:09

Xorazmdagi bog‘chada bolalarni tayoq bilan urib, tepib mashg‘ulot o‘tgan tarbiyachilar ishdan olindi

Tarmoqlarda Urganchdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni tepib, tayoq bilan urgan holda mashg‘ulot o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, voqea ortidan 2 xodim ishdan olindi.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi
15 dekabr 2023, 18:07

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

Ukraina va Moldovani Yevroittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi
15 dekabr 2023, 17:29

Ukraina va Moldovani Yevroittifoqqa qabul qilish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi

Yevropa yetakchilari Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Gruziya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat maqomini oldi. Ittifoqqa Ukraina qo‘shilishiga avval qarshi chiqqan Vengriya bu qarorga to‘sqinlik qilmadi.

Andijonda yuklar ustini davlat bayrog‘i bilan yopib harakatlangan haydovchi jarimaga tortildi
15 dekabr 2023, 17:11

Andijonda yuklar ustini davlat bayrog‘i bilan yopib harakatlangan haydovchi jarimaga tortildi

Shahrixon tumanida avtomashinadagi yuklar ustini to‘sish uchun davlat bayrog‘idan foydalangan haydovchi 1 mln so‘mdan oshiqroq jarimaga tortildi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-dekabr)
15 dekabr 2023, 16:27

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (16−17-dekabr)

“Vonka” va yana beshta kinopremyera, muzdagi shou, ko‘rgazmalar, spektakllar, “Sahna” stendap klubidagi yumoristik tadbirlar, Fashion show, ijodiy mahorat darslari, do’konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”
15 dekabr 2023, 15:35

Gaz to‘ldirish shoxobchalariga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi — “Hududgazta’minot”

“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.

Marg‘ilonda Tahoe Tico bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi
15 dekabr 2023, 15:07

Marg‘ilonda Tahoe Tico bilan to‘qnashishi oqibatida ikki kishi jarohatlandi

Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Tahoe o‘z yo‘nalishida kelayotgan Tico bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlandi.

Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
15 dekabr 2023, 15:04

Yaponiya O‘zbekistonning ikki kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi

O‘zbekistonning ikki kompaniyasi — Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Avvalroq ularga qarshi AQSh va Yevropa Ittifoqi ham sanksiya qo‘llagandi.

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi
15 dekabr 2023, 14:37

Eron hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilishni ma’qulladi

Eron hukumati 33 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bir tomonlama viza talablarini bekor qilish haqidagi qarorni ratifikatsiya qildi. Mamlakat turizm vaziri bu qaror Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yishini bildirdi.

Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati sinovdan o‘tkazilmoqda
15 dekabr 2023, 14:28

Toshkent metrosining yangi 2 ta bekati sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 2 ta yangi — “Turon” va “Qipchoq” bekatlarida sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish qachondan boshlanishi haqida ma’lumot sinov natijalaridan so‘ng ma’lum qilinadi.

Noyabrda aholining inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarmadi, biznesniki esa sezilarli pasaydi
15 dekabr 2023, 14:11

Noyabrda aholining inflyatsion kutilmalari deyarli o‘zgarmadi, biznesniki esa sezilarli pasaydi

O‘zbekistonda noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari oktabrga nisbatan deyarli o‘zgarmadi, biznesning kutilmalari esa sezilarli pasaydi. Ish haqi, nafaqalar oshishi narxlarga bosim o‘tkazishini qayd etganlar ko‘paydi. Inflyatsiya 8 foiz va undan kamroq bo‘lishini kutayotganlar ulushi poytaxtda eng kam bo‘ldi.

“O‘zavtosanoat”ga avtomobil sotuvida dilerlik tizimi bilan bog‘liq muammolarni yechish topshirildi
15 dekabr 2023, 12:37

“O‘zavtosanoat”ga avtomobil sotuvida dilerlik tizimi bilan bog‘liq muammolarni yechish topshirildi

Prezident ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va O‘zbekistonda avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Rozuqulov. Unga ko‘ra, “dilerlik tizimini takomillashtirish va aholi e’tirozlarining oldini olish” ham topshirilgan.

Ichida yosh qiz bo‘lgan lift qulagani yo‘q — Yangihayot tumani hokimligi
15 dekabr 2023, 11:51

Ichida yosh qiz bo‘lgan lift qulagani yo‘q — Yangihayot tumani hokimligi

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy lifti elektr o‘chishi oqibatida qulagani haqida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi tok o‘chgach generator ishlagani, lift ichidagi qizaloq pastga xavfsiz tushganini ma’lum qildi.

Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi — DXX
15 dekabr 2023, 11:22

Tojikiston va Qirg‘izistondan keltirilgan giyohvandlik vositalari musodara qilindi — DXX

DXX xodimlari va bojxonachilar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 27,5 kg “gashish” va salkam 4 kg “opiy”ning O‘zbekistonda sotilishiga chek qo‘ydi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida Qirg‘izistondan olib kelingan 4,5 kg dan ortiq “Mefedron” aniqlanib, musodara qilindi.

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi
15 dekabr 2023, 11:15

Havo shanba kuni ba’zi hududlarda qor va yomg‘irli, yakshanbada esa quruq bo‘ladi

O‘zbekistondan sovuq antitsiklon tez chekinmoqda. Juma va yakshanba kunlari kunduzi mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +7 darajagacha isiydi. Shanba esa biroz yomg‘ir va qorli o‘tishi, tuman tushishi kutilmoqda.

Uzbekistan Airways samolyoti Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘nishi sabali 22 ming dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi
15 dekabr 2023, 10:31

Uzbekistan Airways samolyoti Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘nishi sabali 22 ming dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi

Nyu-Yorkdan Toshkentga uchayotgan samolyot yo‘lovchining zo‘ravonligi tufayli Sankt-Peterburgga favqulodda qo‘ngani uchun Uzbekistan Airways kompaniyasi 22 ming dollardan ko‘proq zarar ko‘rdi.

Prezident elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishni kechiktirmaslikka chaqirdi
15 dekabr 2023, 10:30

Prezident elektromobillar ishlab chiqarishni rivojlantirishni kechiktirmaslikka chaqirdi

Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, modellarni kengaytirish va mahsulot sifatini oshirish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy korxonalar elektromobil ishlab chiqarish sohasini o‘zlashtirib, talablarga moslashmasa, kelajakda bozorda o‘rin topishda qiynaladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting