Hokimlik Buxoro shahrida qurilishi aytilgan sayyohlik markazi loyihasiga izoh berdi
18 dekabr 2023, 12:10

Hokimlik Buxoro shahrida qurilishi aytilgan sayyohlik markazi loyihasiga izoh berdi

Tarmoqlarda Buxoro shahrida qurilishi taxmin qilingan turizm markazi kompleksi surati tarqaldi. Shahar hokimligi surat e’lon qilingan xabar “hech qanday qonuniy asosga ega” emasligini ta’kidladi. Hokimlik, shu bilan birga, shunday sayyohlik kompleksi qurilishi rejalashtirilganini tasdiqladi.

Namangan viloyatida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
18 dekabr 2023, 11:57

Namangan viloyatida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Yangi Namangan tumanida er-xotin hamda ularning 19 va 14 yoshli qizlari pechkadan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib vafot etdi.

Seshanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
18 dekabr 2023, 11:15

Seshanba kuni hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Seshanbadan nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, aksariyat hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. 19−21-dekabr kunlari harorat kechasi −0…−10 darajagacha, kunduzi −2…−7 darajagacha pasayadi. Jumadan havo +9 darajagacha isiydi.

Noyabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi
18 dekabr 2023, 10:58

Noyabrda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foiz bo‘ldi

O‘zbekistonda noyabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizni tashkil etib, oktabrga nisbatan 0,7 foizga pasaydi. Eng yuqori daraja pensionerlar va ta’lim sohasi vakillari tomonidan qayd etildi.

Toshkent shahri, Buxoro hamda Namangan viloyatlarida chiqindi xizmati tariflari oshirildi
18 dekabr 2023, 10:52

Toshkent shahri, Buxoro hamda Namangan viloyatlarida chiqindi xizmati tariflari oshirildi

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmati narxlari Toshkentda aholi uchun 7500 so‘m etib belgilandi. Tariflar, shuningdek, Buxoro va Namangan viloyatlarida ham oshirildi.

Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil maydan beri, ayrim depozitlar bo‘yicha esa 10 yildagi maksimal ko‘rsatkichga yetdi
18 dekabr 2023, 10:43

Kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil maydan beri, ayrim depozitlar bo‘yicha esa 10 yildagi maksimal ko‘rsatkichga yetdi

So‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil may oyidan beri maksimal darajaga yetib, 23,8 foizni tashkil etdi. Muddati 1 yildan ortiq bo‘lgan barcha depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 10 yillik rekord — 20,7 foizgacha oshdi.

Toshkentdan Qarshi va Samarqandga elektropoyezdlarning qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi
18 dekabr 2023, 10:26

Toshkentdan Qarshi va Samarqandga elektropoyezdlarning qo‘shimcha harakati yo‘lga qo‘yildi

Yangi yil bayrami arafasida Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.

Toshkentda 11 oyda avtobus bilan bog‘liq yuzga yaqin YTH sodir bo‘ldi
18 dekabr 2023, 10:25

Toshkentda 11 oyda avtobus bilan bog‘liq yuzga yaqin YTH sodir bo‘ldi

Poytaxtda o‘tgan 11 oy davomida avtobuslar ishtiroki bilan bog‘liq 94 ta YTH sodir bo‘ldi. Ulardan 34 tasiga avtobus haydovchilarining o‘zlari sababchi bo‘lgani qayd etildi.

Samarqandda mebel sexi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan MCHJda mayning ferma tashkil qilingani aniqlandi
18 dekabr 2023, 09:37

Samarqandda mebel sexi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan MCHJda mayning ferma tashkil qilingani aniqlandi

Samarqand shahrida mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan MCHJ aniqlandi. Energetika tizimiga 10 mlrd so‘mga yaqin zarar yetgan.

Rossiya O‘zbekistonda sanoat parklari qurishni davom ettirishni rejalashtirmoqda
17 dekabr 2023, 13:43

Rossiya O‘zbekistonda sanoat parklari qurishni davom ettirishni rejalashtirmoqda

Rossiya hamkorligida Chirchiq va Jizzax viloyatida ochilgan texnoparklarni O‘zbekistonning yana uchta viloyatida qurish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda faollashtirishga tayyor, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev.

Humo Air loukosteri Toshkentdan viloyatlarga parvozlarni boshladi
17 dekabr 2023, 13:36

Humo Air loukosteri Toshkentdan viloyatlarga parvozlarni boshladi

Humo Air aviakompaniyasi o‘zining ilk A320 samolyotida Toshkentdan Nukus, Qarshi, Samarqand va Urganchga ilk parvozlarini amalga oshirdi. Chiptalar 159,5 ming so‘mdan boshlanadi (oldinroq xaridda, bagajsiz). Shiori “Odamlar uchadi” bo‘lgan kompaniya kelasi yil xorijga ham reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Kuvayt amiri 86 yoshida vafot etdi
17 dekabr 2023, 11:26

Kuvayt amiri 86 yoshida vafot etdi

2020-yildan buyon Kuvayt amiri bo‘lib kelgan Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh 86 yoshida vafot etdi. Noyabr oxirida u sog‘lig‘i bilan favqulodda yuzaga kelgan muammo tufayli kasalxonaga yotqizilgan.

Samarqandda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar keltirgan ferma aniqlandi
17 dekabr 2023, 11:25

Samarqandda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlatga 1,8 mlrd so‘m zarar keltirgan ferma aniqlandi

Pastdarg‘om tumanida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi. Fermer nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, tokdan foydalangan.

Samarqandda ko‘zi ko‘kargan holda bog‘chaga kelgan bolani otasi kaltaklamagani aniqlandi
17 dekabr 2023, 11:05

Samarqandda ko‘zi ko‘kargan holda bog‘chaga kelgan bolani otasi kaltaklamagani aniqlandi

Tarmoqlarda kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelgani va buni otasi qilganini aytgan video tarqalgandi. Bolalar ombudsmani voqea Urgut tumanida sodir bo‘lgani va bola chorva mollarning orqasidan yugurishi oqibatida yiqilib tushganini ma’lum qildi.

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirmoqchi
17 dekabr 2023, 10:59

Rossiya O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini oshirmoqchi

Rossiya O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari eksportini oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, dedi mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari yangi gaz konlarining ochilishi imkonini beradi.

O‘zbekistonda bolalar tashkilotini tuzish taklif etilmoqda
16 dekabr 2023, 14:23

O‘zbekistonda bolalar tashkilotini tuzish taklif etilmoqda

“Kamalak” bolalar tashkiloti negizida O‘zbekiston bolalar tashkilotini tuzish reja qilinmoqda. Bu bolalarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishga, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishi kerak. Davlat rahbariga o‘tayotgan yilda yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi.

Samarqandliklar Saida Mirziyoyevaga tunnel qurilishini to‘xtatishda yordam so‘rab murojaat qildi
16 dekabr 2023, 12:40

Samarqandliklar Saida Mirziyoyevaga tunnel qurilishini to‘xtatishda yordam so‘rab murojaat qildi

Samarqand shahrining Gagarin va Rudakiy ko‘chalarida yashovchi aholi va tadbirkorlar mahalliy hokimiyatdan munosabat kutmasdan, tunnel qurilishini to‘xtatishga yordam berishni so‘rab, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaga murojaat yo‘lladi.

Nima tayyorlaymiz: Pechenyelar
16 dekabr 2023, 10:37

Nima tayyorlaymiz: Pechenyelar

Dolchinli, pishloqli yoki bodomli qumoq pechenye, brauni, “Qahva donalari”, “Shekerpare” va boshqalar — Zira.uz turli xil shirin pechenyelar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi
16 dekabr 2023, 10:25

Senat 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ko‘rib chiqadi

Senatning 48-yalpi majlisi 18-dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda qilinayotgan ishlar yuzasidan vazirlik axboroti eshitiladi.

Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
16 dekabr 2023, 09:55

Ikki viloyatda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 16−18-dekabr kunlari qor ko‘chishi mumkin.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting