Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi aniqlandi, deya xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati.

Tumanda faoliyat yurituvchi “X.I.” fermer xo‘jaligi rahbari “Xoncharbog‘” mahallasidagi nasos stansiyasining elektr hisoblagichi sxemasini buzib, jami 2 mln kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Buning oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,8 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda.