“O‘zenergoinspeksiya” va boshqa tashkilotlar tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan reydda tizimga 9 mlrd 852 mln so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi, deb xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Shaharda faoliyat yuritib kelayotgan “G.B.M.” MCHJ 47 dona mayning qurilmasiga ega mayning fermasi faoliyatini tashkil etgan. Aniqlanishicha, muassasa mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo u yerda yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelingan.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi vazirlik xabarida.

Bir necha kun oldin viloyatning Pastdarg‘om tumanida davlatga 2 mlrd 237 mln so‘m keltirgan mayning ferma aniqlangandi.

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 58,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlash orqali mayning faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha 26 ta holat qayd etilgan. Buning uchun 29 kishi o‘g‘rilikda ayblanib, protsessual tartibda ushlangan.