Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlari harakati yo‘lga qo‘yildi, deb xabar qilmoqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati.

25, 26, 27, 28-dekabr kunlari 762/761-sonli Toshkent — Qarshi — Toshkent yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdi qo‘shimcha reyslarni amalga oshiradi:

  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 6:59 da — Qarshiga yetib borish soat 10:33 da;
  • Qarshidan jo‘nab ketish soat 16:44 da — Toshkentga yetib borish soat 20:20 da.

Shuningdek, 29, 30, 31-dekabr kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yo‘nalishida ham qo‘shimcha qatnovlar (“Afrosiyob” elektropoyezdi orqali) bajariladi:

  • Samarqanddan jo‘nab ketish soat 11:05 da — Toshkentga yetib borish soat 13:20 da;
  • Toshkentdan jo‘nab ketish soat 13:51 da — Samarqandga yetib borish soat 16:05 da.

Qo‘shimcha ma’lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l chiptaxonalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin. Chiptalarni temiryo‘l chiptaxonalaridan tashqari elektron tarzda ham eticket.railway.uz saytida xarid qilsa bo‘ladi.