Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi
18 iyun 2020, 18:43

Vazirlar Mahkamasi xodimlarida koronavirus simptomlarsiz kechayotgani ma’lum bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasining koronavirus aniqlangan ikki xodimida kasallik klinik belgilarsiz kechayotgani ma’lum qilindi. Ayni paytda hukumat doimiy tartibda ishlamoqda

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi
18 iyun 2020, 18:34

Rossiyada Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi

Rossiya hududida 2018 yildan buyon rasman taqiqda bo‘lgan Telegram messenjeridan cheklovlar olib tashlandi. Roskomnadzor messenjer asoschisining terrorizm va ekstremizga qarshi kurashga tayyorligini ijobiy baholadi.

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi
18 iyun 2020, 17:10

️Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Prezident farmoni bilan 1️ avgustdan Majburiy ijro byurosining bir qator vakolatlari boshqa tashkilotlarga o‘tkaziladi

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi
18 iyun 2020, 17:07

Koronavirusdan sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi

Toshkent yana 35 nafar koronavirus bemori tuzalib, O‘zbekiston bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 4166 nafarga yetdi.

Koronavirus holatlari soni oshdi
18 iyun 2020, 17:05

Koronavirus holatlari soni oshdi

O‘zbekistonda 33 kishida koronavirus aniqlanib, jami holatlar 5730 taga yetdi. Yangi holatlarning 23 tasi Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelib, karantinga olinganlar orasida qayd etildi.

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi
18 iyun 2020, 16:51

Toshkentda “Kamaz” reklama ustuniga borib urilishi oqibatida ikki kishi vafot etdi

Toshkentning Shayxontohur tumanida “Kamaz” yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urildi. YTH va yong‘in oqibatida ikki kishi vafot etdi.

Tramp Xitoy mansabdorlariga qarshi sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
18 iyun 2020, 16:30

Tramp Xitoy mansabdorlariga qarshi sanksiya qo‘llash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSH prezidenti Donald Tramp Xitoyda uyg‘urlar va boshqa musulmon ozchilik guruhlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan mansabdor shaxslarga nisbatan sanksiya qo‘llash borasidagi qonunni imzoladi.

Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etiladi
18 iyun 2020, 16:24 1

Toshkentda Turkiya universitetining filiali tashkil etiladi

Toshkentda Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etiladi. Nodavlat oliy ta’lim tashkiloti faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri — tibbiyot xodimlari — Tanzila Narbayeva
18 iyun 2020, 15:57

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning uchdan biri — tibbiyot xodimlari — Tanzila Narbayeva

Chaqaloqlar savdosida vositachilarning 32 foizi tibbiyot xodimlari. Shuningdek, chaqaloq sotish sabablari o‘rganilganda, 9 tasi aybini yashirish, 10 tasi moddiy manfaat uchun ekani ma’lum bo‘ldi.

Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan
18 iyun 2020, 15:25

Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan

18 iyun Toshkentda aniqlangan 9 ta koronavirus holatlarining 2 nafari Vazirlar Mahkamasining xodimlarida qayd etilgan. 17 iyun kuni aniqlangan holatlar orasida esa ichki ishlar organi xodimi va «O‘zbekiston havo yo‘llari» AJning 2 nafar mutaxassisi ham bor.

Dunyo bo‘ylab aviaqatnovlar 65 foizga qayta tiklandi
18 iyun 2020, 15:16

Dunyo bo‘ylab aviaqatnovlar 65 foizga qayta tiklandi

Koronavirus pandemiyasi boshlanishidan oldin bir kecha-kunduzda 181 mingta reys amalga oshirgan aviakompaniyalar hozirda kuniga 118 mingta reysni amalga oshirishmoqda.

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi
18 iyun 2020, 13:23

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekistonning Hindistondagi favqulodda va muxtor elchi etib tayinlangan Dilshod Axatov Deli shahriga jo‘nab ketdi. Avvalroq, u tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari lavozimida ishlayotgan edi.

Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi
18 iyun 2020, 12:18

Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi

Qozog‘istonning birinchi prezidenti va mamlakatning xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi. U masofadan turib ishlashni davom ettirayotganligi aytilmoqda.

Qibray tuman hokimining o‘rinbosari tadbirkordan $25 ming olayotganda ushlandi
18 iyun 2020, 11:56

Qibray tuman hokimining o‘rinbosari tadbirkordan $25 ming olayotganda ushlandi

Toshkent viloyati Qibray tumani hokimining o‘rinbosari xususiy tadbirkorga yer maydonini sotishni va’da berib, 25 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshiga o‘q uzdi
18 iyun 2020, 11:15

Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshiga o‘q uzdi

Qashqadaryo viloyatining Koson tumanida yashovchi fuqaro mahalladoshining qarashi yoqmagani uchun «Makarov» ko‘rinishidagi to‘pponchadan unga o‘q uzib, qulog‘idan jarohatladi.

Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi
18 iyun 2020, 10:22

Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi

Jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organlari o‘rtasidagi nizolarni sudgacha hal qilish uchun apellyatsiya kengashlari tashkil etiladi. Shuningdek, nizolarni muqobil usulda hal qilish bilan shug‘ullanuvchi Mediatsiya markazlari ham tuziladi. Eksperiment tariqasida, 1 iyuldan Toshkentda davlat xizmatlari markazlarida nizolashuvchi fuqarolarga mediator xizmatidan foydalanish uchun alohida xonalar ajratiladi.

Koronavirus bemorlari soni 5700 nafarga yaqinlashdi
18 iyun 2020, 10:07

Koronavirus bemorlari soni 5700 nafarga yaqinlashdi

Koronavirus bemorlari soni 15 nafarga ortib, jami 5697 kishini tashkil etmoqda. Yangi holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi
18 iyun 2020, 09:35

Masjidda o‘g‘irlik qilganlikda gumonlanayotgan shaxs qo‘lga olindi

Toshkentda masjidga kirish joyida qoldirilgan sumka o‘g‘irlab ketildi. Poytaxt IIBB jinoyat qidiruv xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlab, 22 yoshli shaxsni qo‘lga oldi.

Abdulaziz Xaydarov Pensiya jamg‘armasiga rahbar bo‘ldi
18 iyun 2020, 09:20

Abdulaziz Xaydarov Pensiya jamg‘armasiga rahbar bo‘ldi

Hukumat qaroriga binoan Abdulaziz Xaydarov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi.

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi
18 iyun 2020, 09:05

Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan suyaksiz go‘sht to‘xtatib qolindi

Jizzaxdagi YPX maskanida Qashqadaryodan Toshkentga olib ketilayotgan 1,7 tonna hidlangan go‘sht to‘xtatib qolindi. Go‘sht suyaksiz bo‘lgani uchun qaysi hayvonga tegishli ekani hozircha noma’lum, ammo qoramol va qo‘y go‘shti emas, degan xulosaga kelindi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting