Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Abdulaziz Abdulaxadovich Xaydarov Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining ijro etuvchi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi O‘zA.

Tayinlovga qadar, Abdulaziz Xaydarov Moliya vazirligining davlat organlari, prokuratura va sud tizimi faoliyatini moliyaviy ta’minlash boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan.

Ma’lumot uchun, 30 mart kuni Bahrom Ashrafxonov Pensiya jamg‘armasi rahbariligidan ketganidan beri bu lavozim bo‘sh qolgandi. Aprel o‘rtalarida u O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi etib tayinlangandi.