18 iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5697 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Unga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 9 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 6 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib karantinga olinganlar orasida aniqlangan.

Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov so‘zlariga ko‘ra, hozirda Respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan 1547 kishi davolanmoqda. Ulardan 12 nafar bemor og‘ir ahvolda, deb baholanmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 4131 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan. O‘n to‘qqiz kishi hayotdan ko‘z yumgan.