Toshkentning Shayxontohur tumanida “Kamaz” rusumli yuk avto transporti bilan bog‘liq yo‘l transport hodisasi natijasida ikki nafar kishi vafot etgan. Bu haqda Favkulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Hodisa 18 iyun kuni soat 05:52 da Shayxontohur tumani TXAY ko‘chasi Ibn Sino 1-dahasida sodir bo‘ldi. Yo‘l yoqasida o‘rnatilgan reklama ustuni hamda temir-beton bordyurga borib urilgan. Natijada “Kamaz"ning motor va salon qismida yong‘in kelib chiqqan.

Yuzaga kelgan avtohalokat va yong‘in natijasida ikki nafar fuqaro vafot etgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligining yong‘in-qutqaruv jangovar bo‘linmalari manzilga soat 05:56 da yetib borgan hamda yong‘in 06:18 da to‘liq bartaraf etilgan. Voqea joyiga 2 ta yong‘in-qutqaruv texnikasi jalb qilingan.