Qozog‘istonning birinchi prezidenti va mamlakatning xavfsizlik kengashi raisi Nursulton Nazarbayevda koronavirus kasalligi aniqlandi. Bu haqda birinchi prezidentning matbuot xizmati ma’lum qildi.

«Ayni paytda Qozogiston birinchi prezidenti o‘zini-o‘zi yakkalash tartibiga amal qilmoqda. Afsuski, Elboshining koronavirus infeksiyasiga qarshi topshirgan oxirgi test tahlillari ijobiy natija ko‘rsatdi. Xavotirga o‘rin yo‘q», — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, Nursulton Nazarbayev masofadan turib ishlashni davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston sog‘likni saqlash vaziri Yeljan Birtanov ham koronavirus infeksiyasiga chalingani haqida xabar berilgandi.