Toshkent shahar tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasida 35 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘ayib, o‘z uyiga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Ularning 7 nafari Toshkent viloyatidan, 6 nafari Farg‘ona viloyatidan, Toshkent shahri va Jizzax viloyatidan 5 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 4 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan, Xorazm va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan. Tuzalganlarning 26 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 63 yoshda, kichigi esa 18 yoshda.

Shu kungacha Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan tuzalganlar soni 2097 nafarga yetdi.

Hozirda O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 4166 nafarni tashkil etmoqda.