O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi xodimlarining ikki nafaridan COVID-19 infeksiyasi aniqlangani yuzasidan axborot berdi.

Qayd etilishicha, o‘rganishlar natijasida koronavirus ularda klinik belgilarsiz (simptomlarsiz) kechayotgani ma’lum bo‘lgan.

“Belgilangan tartibda zarur choralar ko‘rilib ushbu xodimlar shifokorlar nazoratiga olindi. Ular bilan ish jarayonida muloqotda bo‘lgan xodimlar ikki hafta muddatga karantinga o‘tkazildi va ayni paytda Vazirlar Mahkamasi doimiy tartibda ishlamoqda”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, 18 iyun kuni koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan 189 nafar bemordan 13 nafari aholi orasida aniqlangani, ular orasida Vazirlar Mahkamasining ikki nafar xodimida ham koronavirus infeksiyasi tasdiqlangani xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston hukumati pandemiya davrida muntazam ravishda faoliyat yuritib kelmoqda.