18 iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 5730 (+33) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 23 nafari Karantin марказидаги (Rossiya, BAA va Qozog‘istondan kelgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Qashqadaryo viloyatida (shundan 5 nafari poytaxtimizdagi «O‘rikzor» savdo majmuasida yuk tashuvchi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib, kasalligi tasdiqlangan fuqaro bilan muloqotda bo‘lgan, 1 nafari aholi orasida), 2 nafari Toshkent viloyati, 1 nafari Sirdaryo viloyati xududiga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida hamda 1 nafari poytaxtda aholi orasida qayd etilgan.

️Ayni paytda 4166 (+35) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aydi. Bu umumiy kasallikka chalinganlarning 72 foizi shifo topganligini bildiradi.

️Hozirda mamlakatning o‘n xududidagi davolash muassasalarida 1545 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ularning 12 nafari og‘ir ahvolda.