UzCard’da bosh direktor almashdi
25 noyabr 2020, 17:15

UzCard’da bosh direktor almashdi

Shu kungacha «Yagona umumrespublika protsessing markazi» MCHJ (UzCard) direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Farrux Ziyayev jamiyat bosh direktori lavozimiga tayinlandi.

Qozog‘iston kompaniyalari Toshkentda bir qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda
25 noyabr 2020, 16:50

Qozog‘iston kompaniyalari Toshkentda bir qator loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda

Qozog‘istondagi bir qator kompaniyalar O‘zbekiston bozoriga kirishga tayyor. Salqin ichimliklar ishlab chiqaruvchi GALANZ Bottlers o‘z zavodini qurishni rejalashtirayotgan bo‘lsa, IC Group tozalash kompaniyasi autsorsing xizmatlarini taklif qilmoqda, Timus Development kompaniyasi jamoat transportida bepul Wi-Fi va turizm, tibbiyot sohalariga oid IT ishlanmalarini joriy etishga hozir.

Andijonda 3 ta maktabning yer maydonlari tadbirkorlarga berib yuborilgani aniqlandi
25 noyabr 2020, 16:27

Andijonda 3 ta maktabning yer maydonlari tadbirkorlarga berib yuborilgani aniqlandi

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktablarning 73,4 sotix yer maydonlari asossiz ravishda tadbirkorlik sub’ektlariga berib yuborilayotgani aniqlandi. Tuman prokuraturasi tuman hokimining qaroriga protest kiritdi.

Shahrisabz shahri, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlariga hokimlar tayinlandi
25 noyabr 2020, 16:15

Shahrisabz shahri, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlariga hokimlar tayinlandi

Sirdaryo tumani hokimi ishdan olinib, o‘rniga Sayxunobod tumani hokimi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Botirjon Mirzaqulov tayinlandi. Sayxunobodga esa viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan Farrux O‘ktamjonov hokim bo‘ldi. Shahrisabz hokimi ham o‘zgardi.

2020 yilning eng yaxshi universitetlari ro‘yxati e’lon qilindi
25 noyabr 2020, 14:48

2020 yilning eng yaxshi universitetlari ro‘yxati e’lon qilindi

The World University Rankings 2020 yildagi dunyoning eng yaxshi universitetlar reytingini e’lon qildi. Mazkur reytingda 92 ta davlatdan 1400 dan ziyod universitetlar qatnashdi. Birinchi uchtalikdan Oksford, Kaliforniya texnologiya va Kembrij universitetlari o‘rin oldi.

Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan 2021-yilgi davlat byudjeti qonunga zid bo‘lib chiqdi
25 noyabr 2020, 14:05

Deputatlar birinchi o‘qishda qabul qilgan 2021-yilgi davlat byudjeti qonunga zid bo‘lib chiqdi

Qonunchilik palatasi deputatlari birinchi o‘qishda qabul qilgan 2021-yilgi davlat byudjeti bilan Vazirlar Mahkamasiga berilayotgan vakolat qonunga zid bo‘lib chiqmoqda. Hisob palatasi yangi qonun loyihasi Byudjet kodeksiga muvofiq qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini qayd etdi.

Artel maktabi direktori Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi
25 noyabr 2020, 13:54

Artel maktabi direktori Toshkent shahar xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi

Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i — poytaxt hokimining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Tayinlovdan avval u Artel Technical School xususiy maktabi direktori sifatida faoliyat yuritgan.

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartiblari belgilandi
25 noyabr 2020, 13:52

Genom bo‘yicha davlat ro‘yxatiga olish tartiblari belgilandi

Biologik materiallar yordamida odamning shaxsini aniqlash, tanib olinmagan murdani identifikatsiya qilish yoki biologik qarindoshlikni aniqlash kabi faoliyatlarni tartibga soluvchi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qiyin ahvolga tushgan 17 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan olib kelindi
25 noyabr 2020, 12:52

Qiyin ahvolga tushgan 17 nafar o‘zbekistonlik Rossiyadan olib kelindi

Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan 17 nafar o‘zbekistonlik olib kelindi. Ular, asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

Qashqadaryoda qozonxona binosini 6000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan maktab direktori qo‘lga olindi
25 noyabr 2020, 12:37

Qashqadaryoda qozonxona binosini 6000 dollarga sotmoqchi bo‘lgan maktab direktori qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi 7-sonli maktab direktori B.S. maktab balansida bo‘lgan yaroqsiz qozonxona binosini firibgarlik yo‘li bilan 6000 dollarga sotmoqchi bo‘lganida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

Yevropada karantin cheklovlari yumshatilishi rejalashtirilmoqda
25 noyabr 2020, 12:33

Yevropada karantin cheklovlari yumshatilishi rejalashtirilmoqda

Rojdestvo bayrami munosabati bilan Yevropada karantin cheklovlari yumshatilishi rejalashtirilmoqda. Fransiyada 28 noyabrdan savdo majmualari ochiladi. Noyabr oyi boshida kuchga kirgan Angliyadagi karantin 2 dekabrda yakuniga yetadi. Shvetsiyada esa karantin cheklovlari kuchaymoqda.

«SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari» qayta nomlanadi
25 noyabr 2020, 12:12

«SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari» qayta nomlanadi

«SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari» bolalar mahallalari, yoshlar uylari va ijtimoiy markazlari etib qayta nomlanadi.

Bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya qo‘mitasi vakili
25 noyabr 2020, 11:50

Bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi — Ekologiya qo‘mitasi vakili

11 oyda poytaxtda daraxtlarni kesish bilan bog‘liq 307 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Shundan 297 tasi ma’muriy huquqbuzarlik, 9 tasi esa jinoiy javobgarlik bilan bog‘liq. «Bundan keyin daraxtlarni kesishga ekologiya inspektorlari ishtirokisiz yo‘l qo‘yilmaydi», — dedi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Nodir Yunusov.

Toshkent viloyatida elektr ta’minotidan asossiz uzilishlar uchun choralar ko‘rilmoqda
25 noyabr 2020, 11:31

Toshkent viloyatida elektr ta’minotidan asossiz uzilishlar uchun choralar ko‘rilmoqda

Toshkent viloyatida iste’molchilarni asossiz ravishda elektr ta’minotidan uzib qo‘ygan Toshkent, Zangiota, Qibray tumani elektr tarmoqlari korxonalari rahbarlariga nisbatan choralar ko‘rilmoqda.

Toshkentda Isuzu rusumli avtobus ishtirokidagi YTHda 5 kishi jarohatlandi
25 noyabr 2020, 11:26

Toshkentda Isuzu rusumli avtobus ishtirokidagi YTHda 5 kishi jarohatlandi

25 noyabr kuni ertalab Toshkentda Isuzu rusumli avtobus ishtirokidagi YTH yuz berdi. Unda haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan.

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta viloyatlar reytingi tuzildi
25 noyabr 2020, 11:19

O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorligi eng katta viloyatlar reytingi tuzildi

Samarqand viloyati — elektr energiyasidan qarzdorlik bo‘yicha respublikada yetakchi bo‘lib, viloyatdagi qarzdorlik 646 mlrd so‘mni tashkil qiladi. Qarzdorlik bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Navoiy (410 mlrd so‘m) va Andijon (273 mlrd so‘m) viloyatlari turibdi.

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi
25 noyabr 2020, 11:18

Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan Shoxrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi.

COVID-19 bemorlari uchun mo‘ljallangan ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda
25 noyabr 2020, 10:11

COVID-19 bemorlari uchun mo‘ljallangan ayrim taqsimlash markazlari yopilmoqda

Bemorlar kamaygani bois, Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi «Atlas» do‘konida COVID-19 va atipik pnevmoniya bemorlari uchun tashkil etilgan taqsimot markazi yopildi. «Yoshlik» sport majmuasidagi markaz faoliyati ham to‘xtatilishi kutilmoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
24 noyabr 2020, 22:07

Jahon yangiliklari dayjesti

Ilon Maskning eng boy odamlar reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilishi, bitkoin narxining sezilarli o‘sishi, Apple xavfsizlik xizmati rahbarining korrupsiyada ayblanishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlari lavozimidan ozod etilishi mumkin
24 noyabr 2020, 20:33

Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlari lavozimidan ozod etilishi mumkin

Prezident raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ish o‘rinlari tashkil etish, tadbirkorlar muammolarini hal qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zibo‘larchilikka yo‘l qo‘ygan Buxoro, Jondor va Sirdaryo tuman hokimlarini lavozimidan ozod etish masalasi ko‘tarildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting