Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Shoxrux Aminov Sirdaryo viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Sh. Aminov tayinlovga qadar Navoiy viloyati prokurori lavozimida ishlagan.

Sirdaryo viloyatining oldingi prokurori Ravshan Masharipov Samarqand viloyatiga prokuror etib tayinlangan edi.