«SOS O‘zbekiston bolalar mahallalari uyushmasining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi huqumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, endilikda:

  • bolalar mahallalari — bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari;
  • yoshlar uylari — yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari;
  • ijtimoiy markazlar — ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmatlari deb qayta nomlanadi.

Qaror bilan tasdiqlangan yangi nizomlarga ko‘ra:

  • Bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatiga qabul qilish tarbiyalanuvchi yashaydigan joy bo‘yicha tuman (shahar) hokimining qarori hamda hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining yo‘llanmasi asosida amalga oshiriladi.
  • Xizmatga 10 yoshdan katta bolalar ularning roziligi bilan qabul qilinadi.
  • Yoshlarga hamrohlik qilish xizmatiga og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalardagi yoshlar vakolatli organlar murojaati asosida qabul qilinishi mumkin.
  • Yoshlarning xizmatga qabul qilinishi uchun erkin xohish bildirishi qabulning majburiy sharti hisoblanadi.
  • Ijtimoiy yetimlikning oldini olish xizmati Uyushma filiali va/yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari yoki boshqa hamkor tashkilotlar hududida tashkil etiladi.

Bolalarni kunduzgi vaqtda parvarish qilish ota-onalar bilan xizmat o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra amalga oshiriladi.