Fransiya karantin choralarini bosqichma-bosqich yumshatilishini e’lon qildi. Prezident Emmanuel Makronning aytishicha, birgalikdagi sa’y-harakatlar tufayli koronavirus infeksiyasining respublikada tarqalishi sekinlashdi. Do‘konlar 28 noyabrdan ochilishi mumkin. 15 dekabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab harakatlanishdagi cheklovlar bekor qilinadi, ammo kechki soat 9 dan ertalab soat 7 gacha komendantlik soati amal qiladi.

«Bugun men sizlarga aytmoqchiman — biz zaruriy sa’y-harakatlarni davom ettirishimiz kerak. Bizning maqsadimiz nima? Bizning maqsad hayotni saqlab qolish, pandemiyani nazorat ostida ushlab turish, shu bilan birga boshqa bemorlarga iloji boricha g‘amxo‘rlik qilish, agar kerak bo‘lsa, o‘z-o‘zini yakkalash, iqtisodiyotni va turmush tarzimizni — ta’lim, madaniyat, sport, san’at, fransuzcha yashash qobiliyatlarimizni qo‘llab-quvvatlash», — dedi Makron.

Karantin choralarining yumshatilishi haqida Britaniya rasmiylari ham xabar berishdi. Amaldagi karantin muddati 2 dekabrda tugaydi. Hukumat uni yangilamaslikka qaror qilgani ma’lum bo‘ldi. Buning o‘rniga qat’iy uch bosqichli cheklovlar tizimi kuchga kiradi.15-dekabrdan mamlakatda yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlardan keladigan odamlar uchun yangi koronavirus sinov tizimi ishlay boshlaydi. Ushbu hududlardan kelgan yo‘lovchilar uchun majburiy o‘zini izolyatsiya qilish muddati test natijalari salbiy bo‘lgan taqdirda ikki haftadan besh kungacha qisqartiriladi.

Ayni paytda, Shvetsiyada cheklovlar ko‘paymoqda. 24 noyabr kunidan boshlab mamlakat aholisi 8 kishidan ortiq guruhlarga yig‘ilishiga taqiq qo‘yilgan. Bundan tashqari dafn marosimida 20 kishidan ko‘p bo‘lgan kishi ishtirok etishi mumkin emas.

Italiyada koronavirusning ikkinchi to‘lqinining yangi anti-rekordi qayd etildi — o‘tgan kun davomida bu yerda 853 yuqtirgan bemor vafot etdi. Mamlakat hukumati ta’tildan keyin uchinchi to‘lqinning oldini olish uchun Rojdestvo davri uchun harakat rejasini tayyorlamoqda.