«Yagona umumrespublika protsessing markazi» MCHJ (UzCard) bosh direktori lavozimiga Farrux Ziyayev tayinlandi. Bunga Spot e’tibor qaratdi. U shu kungacha jamiyat direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Farrux Ziyayev Payme to‘lov tizimi asoschilaridan biri hisoblanib, shuningdek mazkur to‘lov tizimi qarashli bo‘lgan kompaniya — «Inspired» MCHJning 7,5 foizlik ulushiga ham egalik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Yagona umumrespublika protsessing markaziga (Uzcard) Dilshod Ikromov bosh direktor bo‘lgan edi.