25 noyabr kuni ertalab soat 07:40 atrofida 17T-sonli yo‘nalishda harakatlanayotgan Isuzu rusumli avtobus Beshqayrag‘och ko‘chasi bo‘ylab, Kichik halqa yo‘li tomon ketayotganida Uchtepa tumani, 201-uy qarshisida turgan sim yog‘ochga kelib urilgan, deya xabar berdi «Toshshahartransxizmat» matbuot xizmati.

Natijada, haydovchi hamda 4 nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan, shundan so‘ng darhol barcha jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilib, tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan «Toshshahartransxizmat» Aksiyadorlik jamiyatining Yo‘lovchi transportida harakat xavfsizligini nazorat etish boshqarmasi tomonidan xizmat surishtiruv ishlari o‘tkazilmoqda.