25 noyabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mirzaqulov Botirjon Kazakbayevich tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tumanning avvalgi rahbari Alijon Muxamadiyev egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Ma’lumot o‘rnida, Botirjon Mirzaqulov 1970-yilning 23-fevralida Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan. 2018-yildan shu kunga qadar Saxunobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Shu kuni xalq deputatlari Sayxunobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich tuman hokimi lavozimiga tayinlandi.

U bunga qadar Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan. Tumanning avvalgi hokimi Mirzakulov Botirjon Sirdaryo tumaniga hokim etib tayinlanishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Akrom Sulaymonov. Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahriga ham yangi hokim tayinlandi. Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida Sulaymonov Akrom Isomiddinovich Shahrisabz shahar hokimi lavozimiga saylandi.

Akrom Sulaymonov 1969-yilda Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. U Respublika “O‘zmeliomashlizing” davlat unitar korxonasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.