Rossiyada qiyin ahvolga tushib qolgan jami 17 nafar o‘zbekistonlik charter reys orqali Vatanga olib kelindi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining xabar berishicha Yekaterinburgdan 1 nafar, Qozondan 2 nafar, Moskvadan 2 nafar, Boshqirdistondan 5 nafar, Sankt-Peterburgdan 7 nafar fuqaro qaytarilgan.


Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Ta’kidlanishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelinayotgan o‘zbekistonlar asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.