Kozimjon Hasanov Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i — Toshkent shahar hokimining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Kozimjon Hasanov 1997 yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini, 2000 yilda Toshkent davlat texnika universiteti, 2004 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan.

Ushbu tayinlovdan avval u Artel Technical School xususiy maktabi direktori sifatida faoliyat yuritgan.