Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatiladi
3 fevral 2021, 19:10

Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomovning vakolati tugatiladi

Deputatlar Markaziy saylov komissiyasining 16 yillik raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov bilan birga yana 6 nafar a’zoning vakolatini tugatishni ma’qulladi. Bundan tashqari, 8 nafar yangi a’zo tarkibi ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Demokratiya indeksida 155-o‘rinni egalladi
3 fevral 2021, 17:58

O‘zbekiston Demokratiya indeksida 155-o‘rinni egalladi

The Economist Intelligence Unit tashkilotining Demokratiya indeksida O‘zbekistonning pozitsiyalari o‘tgan yilga nisbatan yaxshilanib, mamlakat 167 davlat orasida 155-o‘rinni egalladi. Lekin O‘zbekiston «avtoritar rejimlar» ro‘yxatida qolgan. Mintaqadagi «avtoritar rejimlar»da holat o‘tgan yilga nisbatan yaxshilangan bo‘lsada, tadqiqotchilar ushbu davlatlarda sezilarli o‘zgarish bo‘lishi kutilmayotganligini ta’kidlagan.

2020-yilda 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan
3 fevral 2021, 17:53

2020-yilda 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilgan

Davlat mehnat inspeksiyasi o‘tgan yili 40 mingdan ortiq holatda mehnat qonunchiligi buzilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, 11 621 ta holatda mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlikka amal qilinmagan bo‘lsa, yana 4 301 ta holatda ish haqi vaqtida to‘lanmagan. Eng ko‘p qonunbuzilish xalq ta’limiga — 4 731 ta holatda rahbarlar tomonidan o‘qituvchi va boshqa xodimlarga nisbatan nohaqlik qilishga to‘g‘ri kelmoqda.

«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi
3 fevral 2021, 15:41

«Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘ladi

Toshkentni Pokiston shimoli bilan bog‘laydigan «Mozori-Sharif-Kobul-Peshavar» temir yo‘lining uzunligi 573 km bo‘lishi ma’lum qilindi. Loyiha uchun umumiy 4,8 mlrd dollar kredit jalb qilinadi.

Iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etdi
3 fevral 2021, 14:57

Iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etdi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi dekabr oyida o‘tkazgan o‘rganishlar natijasida iste’mol savati bir kishi uchun bir oyda 2 mln 157 ming so‘mni tashkil etmoqda. Unga ko‘ra, bir insonning oylik non iste’moli 10 donani tashkil etmoqda.

Jizzax yo‘lida COVID-19 testini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi
3 fevral 2021, 14:03

Jizzax yo‘lida COVID-19 testini noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Jizzax yo‘lida dorixonadan tashqarida noqonuniy tarzda COVID-19 testlari, pulsoksimetr, maxsus tibbiyot kislorod maskasi va boshqalarni noqonuniy sotayotgan shaxs qo‘lga tushgan. Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Yangiyo‘lda maktab o‘quvchisini olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qidirilmoqda
3 fevral 2021, 11:34

Yangiyo‘lda maktab o‘quvchisini olib ketmoqchi bo‘lgan erkak qidirilmoqda

Yangiyo‘lda maktabdan chiqqan birinchi sinf o‘quvchisini o‘zi bilan olib ketmoqchi bo‘lgan shaxsni qidirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu hodisa haqidagi ma’lumot ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi.

Bosh vazir o‘rinbosari — amaldorlar prezident bilan uchrashuvda nima uchun bloknotlarga qaydlar yozib borishi haqida
3 fevral 2021, 10:33

Bosh vazir o‘rinbosari — amaldorlar prezident bilan uchrashuvda nima uchun bloknotlarga qaydlar yozib borishi haqida

Prezident bilan uchsharuvlarda amaldorlar bloknotlarga qaydlar yozib borishi — “bu shakllangan siyosiy madaniyat va biz uni hurmat qilishimiz kerak”, dedi Sardor Umurzakov. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘ziga tegishli bo‘lgan topshiriqlarni yozib boradi, keyin esa tizimlashtiradi va ulardan o‘z chiqishida asosiy masalalarni o‘rtaga tashlashda foydalanadi.

Xorijda vafot etganlarning jasadini olib kelishda ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etiladi
3 fevral 2021, 10:30

Xorijda vafot etganlarning jasadini olib kelishda ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etiladi

Xorijda qiyin ahvolga tushgan fuqarolarni qaytarish uchun avia yoki temiryo‘l chiptalarini to‘lashda ko‘maklashuvchi jamg‘arma tashkil etilishi kutilmoqda. Bundan tashqari vafot etgan fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelishda ham moddiy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

TIV polshalik jurnalistdan uzr so‘radi
3 fevral 2021, 10:28

TIV polshalik jurnalistdan uzr so‘radi

O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi polshalik jurnalist Agneshka Pikulitskadan uzr so‘radi. Vazirlik shilqimlikda ayblangan xodim ishdan bo‘shatilganini ma’lum qildi. Jurnalistning akkreditatsiyasini rasmiylashtirish 3 fevral kuni yakunlanadi, deyiladi TIV bayonotida.

Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorligidan ketadi
3 fevral 2021, 10:22

Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorligidan ketadi

Dunyoning eng boy odamlaridan biri bo‘lgan Jeff Bezos Amazon kompaniyasi direktorlik lavozimidan ketdi. Endilikda u kompaniyaning direktorlar kengashini boshqaradi. Amazon rahbari vazifasini veb-servislar bosh direktori Endi Yassi egallaydi.

Namanganda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi
3 fevral 2021, 09:53

Namanganda 4 balli zilzila sodir bo‘ldi

Kechasi Namanganda 4 balli zilzila qayd etildi. Uning epitsentri Namangan viloyatining Chortoq tumanida bo‘lgan.

«Raqobatsiz natija bo‘lmaydi». Prezident partiya rahbarlari bilan uchrashdi
3 fevral 2021, 09:00

«Raqobatsiz natija bo‘lmaydi». Prezident partiya rahbarlari bilan uchrashdi

«Biz mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy hayoti bilan bog‘liq deyarli barcha masalalarni prezident hujjatlari bilan tartibga solishga majbur bo‘lyapmiz», — deya ta’kidladi prezident siyosiy partiya rahbarlari bilan uchrashuvda. Uning so‘zlariga ko‘ra, deputatlar tashabbusi bilan taklif etilgan qonunlar soni «barmoq bilan sanarli».

Aleksey Navalniy 3,5 yilga qamaldi
3 fevral 2021, 08:55

Aleksey Navalniy 3,5 yilga qamaldi

Sud Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyga tayinlangan shartli hukmni qamoq jazosiga o‘zgartirdi — u 3,5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Navalniy umumiy rejimdagi koloniyaga joylashtiriladi.

Toshkentda noqonuniy bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatildi
2 fevral 2021, 22:36

Toshkentda noqonuniy bunyod etilayotgan ko‘p qavatli uy qurilishi to‘xtatildi

Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi Yakkasaroy tumanida ko‘p qavatli uy qurilishi qonunbuzarliklar sababli to‘xtatildi. Quruvchi ishlarni inspeksiyani xabardor qilmasdan boshlagan, ob’ektda mualliflik va texnik nazorat o‘tkazmagan.

Jahon yangiliklari dayjesti
2 fevral 2021, 21:23

Jahon yangiliklari dayjesti

Isroil va Kosovo diplomatik aloqalarni o‘rnatgani, Xitoyda koronavirusga qarshi soxta vaksinalarning musodara qilingani, Google kompaniyasining kamsitish holatlari uchun 3,8 mln dollar to‘lashi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Xonanda Jasur Umirov 5 yilga qamaldi
2 fevral 2021, 20:56

Xonanda Jasur Umirov 5 yilga qamaldi

Sud xonanda Jasur Umirovni litsey o‘quvchisini zo‘rlashda aybdor deb topdi va 5 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Ushbu ishda ishtirok etgan yana ikki kishi jinoyatni yashirgani va yolg‘on guvohlik bergani uchun 1,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi
2 fevral 2021, 17:24

Jazoni ijro etish bosh boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan polkovnik Tursunov Rustam Raxmonovich IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi
2 fevral 2021, 16:45

Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari etib tayinlandi

2018 yildan beri Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Dilshod Kenjayev prezident maslahatchisining o‘rinbosari bo‘ldi.

Toshkentda pensiya pullarini «yeb ketgan» «Xalq banki» kassiriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
2 fevral 2021, 16:40

Toshkentda pensiya pullarini «yeb ketgan» «Xalq banki» kassiriga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Mirzo Ulug‘bek tumani «Xalq banki» filiali sayyor kassa hisobchisi 170 mln so‘m miqdoridagi pensiya va nafaqalarni talon-taroj qilganligi aniqlandi. Bank hodimi ushbu pullarni o‘tgan yilning sentyabr oyidan buyon tarqatmasdan, o‘zlashtirgani ma’lum bo‘ldi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting