Qonunchilik palatasining 3 fevraldagi majlisida deputatlar Markaziy saylov komissiyasiga tarkibiga o‘zgartirish kiritish masalasini ko‘rib chiqishdi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, deputatlar komissiyaning 8 nafar yangi a’zosi nomzodi, qolaversa, amaldagi 7 nafar a’zo vakolatini tugatishni ma’qullashgan.

Vakolati tugatilganlar orasida Markaziy saylov komissiyasining raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov ham bor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist. 1995−2004 yillarda Oliy xo‘jalik sudining raisi, 2004−2005 yillarda Konstitutsiyaviy sudi raisi bo‘lib ishlagan. 2005 yil 7 maydan buyon Markaziy saylov komissiyasining raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

8 nafar yangi a’zo orasida Oliy Majlis Senati raisining o‘rinbosari Zayniddin Nizamxodjayev, Adliya vaziri o‘rinbosari Baxrom Kuchkarov ham bor.

Qolaversa:

  • Ergash Yusupov — Xorazm viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi;
  • ️Aleksandr Farmonov — «O‘zelektroapparat» AJ boshqaruv raisi maslahatchisi;
  • Muyassar Kadirova — O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining Surxondaryo viloyati mas’ul tashkilotchisi;
  • ️Shuhrat Djurayev — pensiyada;
  • Orifjon Bazarov — Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori;
  • Alisher Usmonqulov — Jizzax politexnika instituti rektori ham o‘rin olgan.

Vakolati tugatilganlar:

  • Otagaldi Bobojonov — Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani Xalq qabulxonasi mudiri
  • Esanbay Rajabov — Qashqadaryo viloyati kasaba uyushmalari tashkilotlapi birlashmasi paisi maslahatchisi
  • Muxayyo Djurayeva — «Hunarmand» uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i
  • Erkin Xodjakulov — Toshkent shahar umumyurisdiksiya sudining raisi
  • Janabay Sadikov — huquqshunos
  • Jalil Norov (marhum)