Xorijda qiyin ahvolda qolgan mehnat migrantlariga xizmatlar ko‘rsatadigan jamg‘arma tashkil etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Jamg‘arma quyidagi vazifalarni o‘z ichiga oladi:

  • xorijiy ish beruvchilarda mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlarini taklif qilish;
  • Vatanga qaytarish uchun avia yoki temir yo‘l chiptalari haqini to‘lash;
  • vafot etgan shaxs jasadini urf-odatlarga ko‘ra tayyorlashda 1000 AQSH dollarigacha xizmatlar haqini va O‘zbekistonga olib kelish uchun chipta haqini to‘lash.

Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Xorazm va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari huzurida Xorijdagi mehnat migrantlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy yordam ko‘rsatish jamg‘armalari tashkil etilgan.