Tashqi ishlar vazirligi Rustam ismli TIV xodimi tomonidan shilqimlik qilinganini va akkreditatsiya olishda bosim o‘tkazilganini айтганпольшалик jurnalist Agneshka Pikulitska bilan bog‘liq holatga izoh berdi.

2 fevral kuni Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi A.Xodjimetov oldinroq. Al Jazeera muxbiri sifatida akkreditatsiya qilingan Agneshka Pikulitska bilan uchrashdi.

«Uchrashuv davomida uning akkreditatsiyasi va bo‘lib o‘tgan voqea bilan bog‘liq qo‘shimcha holatlar aniqlandi. Chet ellik jurnalistdan hodisa uchun uzr so‘raldi», — deyiladi TIV bayonotida.

Xorijiy muxbir tomonidan tilga olingan vazirlik xodimi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan bo‘shatildi, deyiladi xabarda.

Jurnalistning akkreditatsiyasini rasmiylashtirish 3 fevral kuni yakunlanadi, deya ta’kidlaydi TIV.

Oldinroq, Agneshka Pikulitska TIV bilan uchrashganini, unga TIV tizimida bunday xodim yo‘qligi tufayli tekshiruv o‘tkazishning iloji yo‘qligini aytishganini ma’lum qilgan edi.