3 fevral kuni epitsentri Chortoq hududida bo‘lgan zilzila qayd etildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmik prognostik monitoring respublika markazining xabar berishicha, zilzila epitsentridan 13 km uzoqlikda joylashgan Namanganda 4 ball kuch bilan sezilgan. Zilzila epitsentridagi magnitudasi 3,2 ni tashkil etdi. O‘chog‘ning chuqurligi 10 kmni tashkil etgan.

Zilzila epitsentridan Toshkentgacha bo‘lgan masofa janubi-sharqiy yo‘nalishda 215 km bo‘lgan.