Polkovnik Tursunov Rustam Raxmonovich IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi, deya xabar berdi IIV matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar Rustam Tursunov Navoiy viloyati IIB boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
U ushbu lavozimda 2018 yil fevral oyidan IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi boshlig‘i — ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan polkovnik Baxrombek Adilovning o‘rnini egalladi.