Davlat mehnat inspeksiyasining 2020-yilgi hisobotiga ko‘ra, 19 226 ta korxonada 40 081 ta qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Ularni bartaraf etish bo‘yicha 10 764 ta yozma ko‘rsatma va 195 ta taqdimnoma kiritilgan.

Natijada 6578 nafar mansabdor shaxsga nisbatan 11 mlrd 64 mln 300 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Xisobot davrida 1141 nafar fuqarolarni jami 3 mlrd 590 mln 200 ming so‘mdan ortiq miqdordagi ish haqlari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar orqali undirilgan.

Qonunbuzilishlar:

  • Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizlikka amal qilmaslik — 11 621 ta;
  • Mehnat shartnomasini tuzmasdan ishlatish — 2 915 ta;
  • Ish haqini vaqtida to‘lamaslik — 4 301 ta;
  • Mehnat daftarchalarini yuritish tartibini buzish — 1 078 ta;
  • Noqonuniy ishdan bo‘shatish — 1 517 ta;
  • Kasaba uyushmalari a’zolari huquqlarini buzish va jamoa shartnomalari talablarini bajarmaslik — 685 ta;
  • O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibini buzilishi — 376 ta;
  • Ayollar uchun qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar qo‘llanilmaslik — 162 ta;
  • Majburiy mehnat holatlari — 62 ta;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan qonunbuzilishi — 177 ta;
  • Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasini qilmaslik hamda boshqalar — 281 ta.

Sohalar kesimida:

  • Xalq ta’limida — 4 731 ta;
  • Tibbiyot muassasalarida — 6 600 ta;
  • Qurilish sohasida — 1 397 ta;
  • Qishloq xo‘jaligida — 986 ta;
  • Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida — 667 ta;
  • Sanoat korxonalarida — 1 094 ta;
  • Transport sohasida — 509 ta;
  • Savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalarida — 90 ta holatda xodimlarning huquqlari buzilgan.

Bundan tashqari, inspeksiyaga 2020-yilda jismoniy va yuridik shaxslardan 26 788 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 15 389 tasi qanoatlantirilgan, 10 488 tasiga tushuntirish berilgan, 638 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan hamda 273 tasi ko‘rilmasdan qoldirilgan.

Murojaatlarni xususiyatlari bo‘yicha 9 472 tasi oylik ish haqlari va boshqa to‘lovlar to‘lanmasligi, 2 763 tasi noqonuniy ishdan bo‘shatilishi, 834 tasi ishga qabul qilishda qonun buzilishi, 1 076 tasi ishga qabul qilishda rad etilishni tashkil etgan. Yana 574 tasi norasmiy ishlatilishi, 883 tasi ish vaqti va dam olish vaqti bo‘yicha qonun buzilishi, 76 tasi majburiy mehnat, 41 tasi mehnat sharoitlari yaratilmaganligi va 11 069 tasi boshqalardan iborat.