AT «Xalq banki» Mirzo Ulug‘bek filialning sayyor kassa hisobchi-nazoratchisi T.T. 2020 yilning sentyabr oyidan joriy yilning yanvar oyiga qadar bo‘lgan davrda o‘ziga ishonib topshirilgan pullarni o‘zlashtirib olganligi aniqlandi. Bu xaqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, T.T. 170 mln so‘m pensiya va nafaqa pullarini egalariga tarqatmasdan, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Holat yuzasidan T.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.