Bir inson faqat bir turdagi vaksinani olishi kerak — SES boshlig‘ining o‘rinbosari
6 may 2021, 14:17

Bir inson faqat bir turdagi vaksinani olishi kerak — SES boshlig‘ining o‘rinbosari

Bir odam ikki hil vaksina bilan emlanishi mumkin emas, ikkinchi boshqa vaksina qilish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, deya ma’lum qildi SES boshlig‘ining o‘rinbosari. Uning ta’kidlashiga ko‘ra, bunday holda organizmda immun-javob reaksiyasini o‘ziga xos kechishi va u odam kasallikka chalinib qolish ehtimoli bor.

Jizzaxda 12 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi
6 may 2021, 14:13

Jizzaxda 12 yoshli qiz YTH oqibatida vafot etdi

Jizzax viloyatida Nexia-2 rusumli avtomashina mol boqib yurgan 12 yoshli qizni urib yuborgan. Buning oqibatda, qiz olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.

2021/2022-o‘quv yilidan klinik ordinaturaga qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi
6 may 2021, 14:05

2021/2022-o‘quv yilidan klinik ordinaturaga qabul kvotasi ikki baravarga oshiriladi

2021/2022-o‘quv yilidan klinik ordinaturada o‘qitishning yangi tizimi joriy qilinib, qabul kvotalari ikki baravarga oshiriladi. Uch yil ishlab berish majburiyati asosida hududlarga zarur tor mutaxassisliklar bo‘yicha shifokorlarni tayyorlashga grant ajratiladi. Ularning yashash xarajatlari esa mahalliy byudjetdan qoplanadi.

Navoiyda YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi
6 may 2021, 14:02

Navoiyda YTH oqibatida 3 kishi vafot etdi

Navoiy viloyatida Tracker-2 rusumli avtomashina YTH sodir etishi natijasida, 2 nafar fuqaro voqea joyida, 1 nafar fuqaro shifoxonada vafot etdi.

2021 yilda bepul davolanish orderlari uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratiladi
6 may 2021, 13:26

2021 yilda bepul davolanish orderlari uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratiladi

2021 yilda respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarida bepul davolanishga orderlar berish uchun qo‘shimcha 80 mlrd so‘m ajratilmoqda. 1 noyabrga qadar bepul tibbiy yordam olish huquqini beruvchi order berish tizimi joriy etiladi. Ehtiyojmand oilalar «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» orqali aniqlanadi.

Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori bo‘ldi
6 may 2021, 13:09

Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori bo‘ldi

«O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori etib tayinlandi.

Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi
6 may 2021, 12:54

Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi

Polkovnik Ravshan Sultanxodjayev Toshket shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari — Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i bo‘ldi.

Hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turiga kiritiladi
6 may 2021, 12:47

Hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turiga kiritiladi

Prezident farmoni bilan 1 iyuldan boshlab hamshiralik ishi o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritiladi. Hamshiralik bilan faqat o‘rta tibbiy yoki oliy ma’lumotga ega SSVning axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan, qolaversa, belgilangan muddatlarda o‘z malakasini oshirib borganlar shug‘ullanishi mumkin bo‘ladi.

SpaceX ilk bor Starship raketa prototipini muvaffaqiyatli tarzda qo‘ndira oldi
6 may 2021, 12:39

SpaceX ilk bor Starship raketa prototipini muvaffaqiyatli tarzda qo‘ndira oldi

SpaceX beshinchi urinishda, ilk bor Starship raketa prototipini muvaffaqiyatli tarzda qo‘ndira oldi. Bundan avval Mars va Oyga uchishga mo‘ljallangan ushbu turdagi raketa prototipi to‘rt marotaba portlagan edi.

Respublika tibbiyot muassasalari rahbarlari og‘ir sharoitli tumanlarga borib ishlaydi
6 may 2021, 11:45

Respublika tibbiyot muassasalari rahbarlari og‘ir sharoitli tumanlarga borib ishlaydi

Prezident farmoniga asosan respublika tibbiyot muassasalari rahbar va mutaxassislari og‘ir sharoitli tumanlarning tibbiyot birlashmalarida shartnoma asosida ishlaydi. Ularning asosiy ish joyidagi oyligi saqlanib qoladi hamda tuman tibbiyot birlashmasidagi lavozimidan ham maosh oladi. Bundan tashqari, oilaviy poliklinikalarga 2021−2022 yillarda 10 mingtadan o‘rta tibbiyot xodimlari shtatlari ajratiladi.

Surxondaryoda AYOQSHdagi yong‘in natijasida payvandchi vafot etdi
6 may 2021, 11:41

Surxondaryoda AYOQSHdagi yong‘in natijasida payvandchi vafot etdi

Surxondaryoda AYOQSHda yong‘in kelib chiqishi natijasida payvandchi shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etdi.

Xususiy sektorga haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi
6 may 2021, 11:24

Xususiy sektorga haydovchilik guvohnomalarini olish uchun imtihonlarni o‘tkazish huquqi berildi

1 iyundan boshlab xususiy sektor barcha toifadagi avtomototransport vositalarini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkaza oladi. Prezident qarori bilan xususiy sektorga imtihonlarni tashkil etish huquqi 1 apreldan berilishi qayd etilgan edi.

2020 yilda eng ko‘p zarar va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonalari
6 may 2021, 11:11

2020 yilda eng ko‘p zarar va eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonalari

«O‘ztransgaz» 2020 yilda 3,5 trln so‘mlik zarar bilan yilning eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati esa eng ko‘p foyda ko‘rgan davlat korxonasi bo‘ldi.

Chempionlar ligasi finalida uchinchi marotaba faqat ingliz jamoalari o‘ynaydi
6 may 2021, 11:10

Chempionlar ligasi finalida uchinchi marotaba faqat ingliz jamoalari o‘ynaydi

Yevropa Chempionlar ligasi finalida Angliyaning «Manchester Siti» hamda «Chelsi» jamoalari chempionlik uchun kurash olib boradi. O‘yin 29 may kuni Istanbul shahrida bo‘lib o‘tadi.

Antirekord yangilandi: kun davomida 452 kishida koronavirus qayd etildi
6 may 2021, 10:59

Antirekord yangilandi: kun davomida 452 kishida koronavirus qayd etildi

5 may kuni O‘zbekistonda 452 kishida koronavirus aniqlanib, yil boshidan eng ko‘p kasallanish holatlari aniqlandi. Umumiy kasallanish holatlari soni 93 ming nafardan oshdi. Mamlakatda 1 milliondan ortiq koronavirusga qarshi vaksina dozalari ishlatilib, 32,5 mingdan ortiq kishi ikkinchi bosqichda emlangan.

O‘quvchilarni maktabda bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinadi
6 may 2021, 10:16

O‘quvchilarni maktabda bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinadi

Respublika bo‘ylab barcha maktablarda o‘quvchilarning muassasada bo‘lish vaqti Face ID tizimi orqali nazorat qilinishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, sinf xonalariga ovozli kameralar o‘rnatish va ularni ichki ishlar organlari tomonidan nazorat qilinishini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimovning fikriga ko‘ra, o‘quvchilar kameralar ostida fikrlashga majburlansa, bu mamlakatni to‘laqonli totalitar davlatga aylanishi uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Kungaboqar yog‘ining bojxona omborlarida to‘planishi sun’iy taqchillikni keltirib chiqarishi mumkin — ITIM
5 may 2021, 22:05

Kungaboqar yog‘ining bojxona omborlarida to‘planishi sun’iy taqchillikni keltirib chiqarishi mumkin — ITIM

O‘simlik yog‘i importiga QQSning bekor qilinishi arafasida bojxona omborlaridagi kungaboqar yog‘i hajmi bir hafta ichida 3500 tonnadan 6500 tonnaga ko‘paydi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi bu sun’iy taqchillikni keltirib chiqarib, narxlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Jahon yangiliklari dayjesti
5 may 2021, 20:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Buyuk Britaniyada nufuzli mukofotlar sohiblariga mamlakatga kirishning osonlashtirilishi, Rossiyaning grechka eksportini vaqtincha taqiqlashi, Yevropa Ittifoqidagi migratsiya choralari tufayli 2 mingdan ortiq odamning vafot etgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi
5 may 2021, 20:03

Haydovchilardan ishonchnomani talab etish tartibi bekor qilinadi

1 sentyabrdan haydovchilardan avtomototransportni boshqarish uchun ishonchnoma, texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ma’lumot va «tonirovka» ruxsatnomasini talab etish tartibi bekor qilinadi.

Toshkentda yiliga 5 mingta quduq qopqoqlari o‘g‘irlab ketilmoqda
5 may 2021, 18:31 1

Toshkentda yiliga 5 mingta quduq qopqoqlari o‘g‘irlab ketilmoqda

Toshkentda suv tarmoqlari va oqova suv tarmoqlarining quduqlariga o‘rnatilgan «lyuk"larning o‘g‘irlanish holati ko‘paymoqda. So‘nggi paytlarda jami 5 mingta ana shunday qopqoqlar o‘g‘irlab ketilgan. «Toshkent shahar suv ta’minoti» ma’lum qilishicha, temir qopqoqlarning donasi 575 ming so‘mdan 2 mln so‘mgacha narxda xarid qilinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting