Firdavs Abduxoliqov Kinematografiya agentligining bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

U bunga qadar «O‘zbekkino» Milliy agentligining bosh direktori lavozimida ishlab kelgan edi.

Firdavs Abduxoliqov O‘zbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi kengashi raisi, Butunjahon O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va ommalashtirish jamiyati boshqaruvi raisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, «Mehnat shuhrati» ordeni sohibi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan «O‘zbekkino» Milliy agentligi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi etib qayta nomlangan edi.