Buyuk Britaniya nufuzli mukofotlar sohiblariga mamlakatga kirishni osonlashtirdi

Buyuk Britaniya hukumati nufuzli mukofotga sazovor bo‘lgan olimlar, rassomlar, aktyorlar va musiqachilarga 5 maydan boshlab ish vizalarini olishni osonlashtirmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu harakat immigratsiya tizimidagi butun dunyodan «eng zo‘r va yorqin» odamlarni Buyuk Britaniyaga jalb qilishga qaratilgan o‘zgarishlarning bir qismidir. «Oskar», «Toni», «Gremmi» sovrindorlari, shuningdek «Nobel» va «BRIT Awards» mukofotlari sovrindorlari soddalashtirilgan dastur bo‘yicha Buyuk Britaniyada yashash va ishlash uchun viza olish imkoniyatiga ega bo‘lganlar qatoriga kiradi. Raqs, moda, arxitektura va ijtimoiy fan sohalarida ba’zi mukofotlarga sazovor bo‘lgan shaxslar ham ushbu huquqdan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

2020 yilda joriy qilingan, mamlakatda ishlash va o‘qish uchun viza berishning balli tizimi yuqori malakali ishchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan. Viza olish uchun kasbiy mahorat, ingliz tilini bilish va moliyaviy holat hisobga olinadi. Ta’kidlash joizki, 2021 yil 1 yanvardan boshlab Yevropa Ittifoqi ishchilari Buyuk Britaniyada to‘liq harakatlanish erkinligidan mahrum bo‘lishgan. — TASS.

Shuningdek: Buyuk Britaniya hukumati Rojdestvoga qadar koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 50 yoshdan oshgan fuqarolarga kuzda vaksinaning uchinchi dozasini qo‘llashni rejalashtirmoqda. Hozirda emlashning mumkin bo‘lgan ikkita varianti ko‘rib chiqilmoqda. Birinchi variant koronavirusning yangi turlariga qarshi kurashish uchun maxsus o‘zgartirilgan vaksinalardan foydalanishdir. Muqobil variant — mamlakatda tasdiqlangan uchta preparatdan (Pfizer, AstraZeneca, Moderna) biri bilan emlashdir.


Saudiya Arabistoni Ramazon oyi tugaganidan keyin Damashqda o‘z elchixonasini ochadi

Saudiya Arabistonining Damashqda elchixonasi Ramazon hayitidan so‘ng (13 may) o‘z faoliyatini davom ettiradi. Ta’kidlanishicha, Qirollik tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud boshchiligidagi delegatsiya Suriya poytaxtida Saudiya Arabistoni diplomatik vakolatxonasining ochilish marosimida ishtirok etadi. TASSning yozishicha, 3 may kuni mamlakat maxfiy xizmati boshlig‘i Xolid al-Xmeydanning Siriya prezidenti Bashar Asad va Suriya Milliy xavfsizlik byurosi rahbari bilan uchrashuvida deyarli 10 yillik tanaffusdan so‘ng Suriya-Saudiya munosabatlarini normallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. — TASS.


Myanmaning o‘zini o‘zi e’lon qilgan hukumati Xalq Mudofaasi kuchlarini tuzmoqda

Myanma milliy birligi hukumati Xalq mudofaa kuchlari tashkil etilishini e’lon qildi. Ularga ko‘ra, amaldagi harbiy hukumat umumiy saylovlar paytida saylangan hukumat rahbarlariga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatmoqda, shu jumladan ularga qamoq jazosini qo‘llashmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi tuzilma o‘z tarafdorlarini Myanma armiyasining harakatlaridan himoya qilish bilan shug‘ullanadi. Bayonotda xavfsizlik sohasida ko‘p yillar davomida talab qilinadigan samarali islohotlar zarurligi haqida aytilmoqda. Ta’kidlanishicha, ushbu qaror «Federal ittifoq armiyasi»ni yaratish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Milliy birlik hukumati 16 aprelda e’lon qilindi. Uning tarkibiga asosan muxolifatdagi Demokratiya uchun Milliy Liganing qolgan rahbarlari kiradi.

Avvalroq, Myanma harbiy hukumati o‘zlarini milliy birlik hukumati vazirlari deb e’lon qilgan 26 nafar muxolifat yetakchilarini hibsga olishga orderlar bergani haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek: Myanma harbiy hukumati mamlakat aholisiga sun’iy yo‘ldosh antennalaridan foydalanishni taqiqladi. Taqiqni buzganlar bir yilga ozodlikdan mahrum qilish va 500 ming kyat (320 dollar) jarima bilan jazolanadi.


Qirg‘iziston prezidenti yangi konstitutsiyani tasdiqladi

5 may kuni Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov referendumda qabul qilingan respublika konstitutsiyasi loyihasini imzoladi. Yangi konstitutsiya prezidentning vakolatlarini kengaytiradi, Xalq Qurultoyi institutini maslahat va kuzatuv yig‘ilishi sifatida taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasining tuzilishi va faoliyati uchun javobgarlikni endi prezident zimmasiga oladi va uni prezident ma’muriyati rahbari boshqaradi. Hujjat, shuningdek, parlament a’zolari sonining 120 kishidan 90 kishiga kamayishini nazarda tutadi.

Qirg‘izistonda konstitutsiyaviy referendum 11 aprel kuni bo‘lib o‘tdi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 79,3 foizi mamlakatning yangi asosiy qonuni loyihasini yoqladi, 13,7 foizi esa qarshi ovoz berdi. Referendumda 36,9 foiz saylovchi ovoz berdi. — Gazeta.uz


Rossiya grechka eksportini vaqtincha taqiqladi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun Rossiya hukumati barcha turdagi grechka va grechka mahsulotlarini eksport qilishga vaqtincha taqiq kiritdi. Taqiq 5 iyundan 31 avgustgacha amal qiladi. Grechka insonparvarlik yordamining bir qismi bo‘lgan taqdirdagina istisnolarni amalga oshirish mumkin, deyiladi hujjatda. O‘tgan hafta Rossiya Qishloq xo‘jaligi vazirligi grechka eksportini cheklash tashabbusi bilan chiqqan edi. Vazirlik bunday choralar ichki bozor uchun yetarli miqdordagi grechka bilan ta’minlash va narxlar o‘zgarishining oldini olish uchun zarurligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021 yilda asosiy donli ekinlari maydonlarini kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. — Gazeta.uz


Yevropa Ittifoqining migratsiya choralari tufayli 2 mingdan ortiq odam vafot etdi — tadqiqot natijalari

Pandemiya davrida Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar noqonuniy ravishda kamida 40 ming qochqinning Yevropaga kirishining oldini olishgan, bu esa 2 mingdan ortiq odamning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda BMT agentliklari va nodavlat tashkilotlar ma’lumotlari asosida o‘tkazilgan tadqiqotda ma’lum qilindi. 2020 yil yanvaridan boshlab, muhojirlar sonining kamayishiga qaramay, Italiya, Malta, Gretsiya, Xorvatiya va Ispaniya o‘zlarining migratsiya siyosatini kuchaytirdilar. Daniya qochqinlar kengashi hisob-kitoblariga ko‘ra Xorvatiya pandemiya boshlanganidan buyon o‘z chegaralaridan Bosniya va Gersegovinaga deyarli 18 ming muhojirni chiqazib yubordi. Shuningdek, Gretsiyaning 2020 yil yanvar oyidan beri o‘z qirg‘og‘iga 6 mingdan ortiq muhojirning tushishiga ruxsat bermaganligi aytilmoqda. Shu munosabat bilan, aprel oyida Yevropa inson huquqlari sudida Gretsiyaga qarshi da’vo qo‘zg‘atildi. Gretsiya patrul kemalari muhojirlarni olib ketayotgan qayiqlarni Turkiya suvlariga qaytarib, odamlarni oziq-ovqat, suv va qutqaruv nimchasi bo‘lmagan holda dengizda qoldirganlikda ayblanmoqda. — TASS.


AQSH Yevropa Ittifoqining mudofaa dasturiga qo‘shilgan birinchi davlatlardan bo‘ladi

Yevropa Ittifoqi AQSH, Norvegiya va Kanadaga xavfsizlik va mudofaa hamkorligi (PESCO) harbiy dasturiga qo‘shilishga ruxsat beradi. Ushbu qarornining 6 may kuni hamjamiyatga a’zo davlatlarning mudofaa vazirlari tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda. PESCOning asosiy maqsadi — Yevropa Ittifoqi a’zolari o‘rtasida ma’lumot almashinuvini yaxshilash va chegaralardagi byurokratik tartiblarni soddalashtirish, shu jumladan, NATOning tezkor joylashuvi va transchegaraviy uzatishni soddalashtirilgan tartibini ta’minlash uchun bojxona qoidalarini uyg‘unlashtirish. — TASS.