5 may kuni O‘zbekistonda 452 ta koronavirus holati aniqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, yangi holatlarning barchasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Yangi holatlarning 229 nafari Toshkent shahrida, 71 nafari Toshkent viloyatida, 85 nafari Samarqand viloyatida aniqlangan.

Shu bilan birga, chorshanba kuni 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 657 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 5 may kuni jami 440 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 93 176 nafar bemordan 88 975 nafari sog‘aygan.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3544 nafar bemor davolanmoqda.

5 may kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 45616 doza COVID-19 ga qarshi vaksina qo‘llanildi. Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda 1 million 9510 doza vaksinadan foydalanilib, ularning 32533 kishi ikkinchi bosqichda emlangan.