Jizzax viloyatida 12 yoshli qiz avtomashina urib yuborishi oqibatida vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV YHXBB axborot xizmati.

Hodisa 27 aprel kuni taxminan soat 08:00 atrofida Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Obod yurt ko‘chasining A-376 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

Ushbu tumanda yashovchi 12 yoshli O.H. ismli qiz kunning ertalabki qismida mol boqib yurgan. Shu paytda o‘zining mahallasiga borib, qaytayotgan eshak aravaga mingan.

U mol boqib yurgan birinchi joyiga aravadan sakrab tushgan paytida uni 27 yoshli haydovchi B.H. boshqaruvidagi Nexia-2 urib yuborgan.

Buning oqibatda, qiz olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etgan.