2020 va 2021 yillarda COVID-19 pandemiyasi paytida joriy etilgan karantin choralari sababli Qurbon hayiti namozi masjidlarda o‘qilmadi.

9 iyul kuni o‘zbekistonliklar so‘nggi 3 yilda birinchi marotaba Qurbon haytini masjidlarda yig‘ilib ado etishga muyassar bo‘lishdi. «Gazeta.uz» muxbiri Yevgeniy Sorochin poytaxtdagi «Ko‘kcha» masjididan fotoreportaj tayyorladi.

Foto

«Gazeta.uz» muxbiri hayit namoziga yig‘ilganlardan bayram tilaklarini bildirishni so‘radi

«Barchaga sokinlik, salomatlik, farovonlik va keyingi yildi Qurbon hayitini xuddi shunday kutib olishimizni tilayman», — dedi bir erkak.


Hayit namoziga kelgan aka-uka tinchlikning muhimligini ta’kidlashdi.

«Tinchlik va farovonlik — hozir eng muhim narsa. Hozir dunyoda vaziyat shunday, Ukrainada urush ketyapti, Qozog‘istonda, Olmaotada ham ba’zi holatlarni kuzatdik. Bunday holatlar bizda bo‘lmasin. Tinchlik bo‘lsa, salomatlik ham bo‘ladi», — dedi ulardan biri.

«Barchaga sabr tilayman, provokatsiyaga va vahimaga berilmanglar, faqat o‘zingizga tayaning va kelajakka ishonch bilan qarang. Olloh doimo biz bilan, u bizga yordam beradi! Butun O‘zbekiston xalqini ushbu muborak Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklayman. Barchaga salomatlik, baxt, oilaviy totuvlik tilayman», — dedi ikkinchisi.