2022 yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda ipoteka kreditlari qoldig‘i 46,4 trln so‘mni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 29,6 foizga (10,6 trln so‘m) o‘sdi, deyiladi Markaziy bank tahlili.

Banklar tomonidan aholiga berilgan (70 913, 2021 yilda 59 570 nafarni tashkil etgan) ipoteka kreditlari hajmi o‘tgan yili 46,9 foizga oshib, 14,4 mrln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, shundan 4,3 trln so‘mi Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi.

Ipoteka kreditlarini berish asosan — 10,4 trln so‘m davlat, ya’ni Moliya vazirligi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirildi. Banklar ipoteka kreditlariga ham faol sarmoya kiritishni boshladilar — 3,79 trln so‘m (o‘sish 4,4 barobar). Kreditlarning kichik qismi — 167 mlrd so‘m esa Ipoteka kreditlash jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirildi.

Natijada davlat tomonidan moliyalashtiriladigan kreditlar ulushi 2021 yildagi 92,1 foizdan 73,7 foizga qisqardi, banklar tomonidan moliyalashtirilayotganlar esa 9 foizdan 26,3 foizga oshdi.

Davlat dasturi doirasida jami 8,5 trln so‘m (+75,4 foiz) ajratildi. Shundan 4,26 trln so‘mi — 1−2 xonali kvartira sotib olishga, 3,18 irln so‘mi — 3 va undan ortiq xonali uy-joy sotib olishga, shuningdek, yakka tartibdagi uy-joylar sotib olish uchun davlat mablag‘lariga bo‘lgan talab keskin oshdi — 320 mlrd so‘mdan 1,06 trln so‘mgacha.

Yangi uydan kvartira sotib olish uchun 53 028 nafar fuqaro 10,78 trln so‘mga (75 foiz) ipoteka krediti oldi, yana 17 ming 885 nafar fuqaroga ikkilamchi ko‘chmas mulk bozorida uy-joy sotib olish uchun 3,59 trln so‘m ajratildi.

2022 yilda notariuslar tomonidan tasdiqlangan uy-joy oldi-sotdi shartnomalarining umumiy soni 250,3 mingtani (+9,3%) tashkil etdi, shundan 70,9 mingtasi (+19%) yoki umumiy shartnomalarning 28 foizi ipoteka kreditlari hisobidan moliyalashtirildi. Shu bilan birga, bu 2020 yildagiga nisbatan past, o‘sha yili ipoteka krediti bilan sotib olingan uy-joylar ulushi 39 foizni (77,3 ming) tashkil qilgan.

Ipoteka kreditlari qoldig‘i 1 yanvar holatiga 46,4 trln so‘mga yetdi. Ushbu summaning 26,2 foizi «Ipoteka-bank» (12,2 trln), keyingi o‘rinlarda «Qishloq qurilish bank» — 21,4 foiz (10 trln), O‘zmilliybank — 15,8 foiz (7,3 trln), «O‘zsanoatqurilishbank» — 7,9 foiz (3,7 trln), Xalq banki — 73 foizni (3,4 trln) va «Asakabank» 7% (3,2 trln) tashkil etadi. Boshqa banklarning ulushi 14,4 foizdan (6,7 trln) iborat bo‘ldi.

1 yanvar holatiga ipoteka krediti qoldig‘i tarkibida 15 yilgacha ajratilgan ipoteka kreditlarining ulushi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,7 foiz bandga kamayib, 18,8 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 20 yilgacha ajratilgan kreditlarning ulushi 68,3 foizdan 73,4 foizgacha oshdi. Mazkur o‘sish tendensiyasi bevosita so‘nggi yillarda «Yangi tartib» doirasida aholiga 20 yil muddatgacha ajratilayotgan ipoteka kreditlari salmog‘ining muttasil o‘sib
borayotganligi bilan izohlash mumkin.

ipoteka бозори, ipoteka krediti, марказий bank

Hududlar kesimi bo‘yicha tahlil qilinganda, 2023 yil 1 yanvar holatiga ajratilgan ipoteka kreditlarining 60 foizi 5 ta hududlar hissasiga to‘g‘ri kelib, bunda 29,9 foizi (4 302,5 mlrd. so‘m) Toshkent shahri, 8,2 foizi (1 178,9 mlrd. so‘m) Samarqand, 8 foizi (1 149,4 mlrd. so‘m) Farg‘ona, 7,4 foizi (1 066,2 mlrd. so‘m) Andijon va 6,4 foizi (919,1 mlrd. so‘m) Navoiy viloyatida istiqomat qiluvchi fuqarolarga ajratilgan.
ipoteka бозори, ipoteka krediti, марказий bank

Hududlarda ajratilgan ipoteka kreditlari miqdoriga uy-joylarning o‘rtacha narxi bevosita bog‘liq bo‘lib, 2022 yil dekabr oyida kvartiralarning 1 km. kv. uchun yuqori narxlari Toshkent shahrida (10 mln so‘m), Samarqandda (8,7 mln so‘m) va Toshkent viloyatida (6 mln. so‘m) nisbatan past narxlar esa Xorazm (3,6 mln so‘m), Jizzax (2,9 mln so‘m), Sirdaryo (4 mln so‘m) viloyatlarida kuzatildi.

400 mln. so‘mdan yuqori hajmda ajratilgan ipoteka kreditlarining jami ajratilgan ipoteka kreditlari (14,4 trln. so‘m) tarkibidagi ulushi 9,1 foizni (o‘tgan yilga nisbatan 4,7 foiz bandga oshgan), 300−400 mln so‘mgacha 5,3 foizni (+3,7 foiz), 200−300 mln so‘mgacha 6,5 foizni (+5,1 foiz) tashkil etishi kuzatildi.

Asosiy xaridorlar 31−50 yoshdagilar (70%), shuningdek, 18−30 yoshlilar (21%).

Avvalroq Markaziy bank 2023 yilda O‘zbekistonda ipoteka kreditlashning yuqori o‘sish sur’atlarini kutayotgani haqida xabar berilgan edi. Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillardagi ipoteka kreditlariga bo‘lgan talabning qoniqmagani asosiy omil bo‘lmoqda.