Iyun oyida UzAssets investitsiya kompaniyasi «Kvars» AJdagi 89,78 foiz aksiyalar paketini sotuvga qo‘ygandi, uni 265,0 mlrd so‘mga «Quvasoysement» AJ tender asosida sotib oldi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi UzAssets investitsiya kompaniyasi xabar berdi.

Bunda, eng maqbul takliflarni tanlab olishda Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant bo‘ldi. Dentons xalqaro yuridik kompaniyasi huquqiy masalalarda ko‘maklashdi.

Korxonani sotib olish bo‘yicha 3 ta talabgordan ariza kelib tushgan. Korxonani Quvasoycement AJning ta’sischilari: Raybird limited (30% ulush), Rayblock limited (30% ulush) hamda Rayeross limited (29% ulush) kompaniyalari sotib oldi. Sotib oluvchi korxonaning 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyatini to‘liq qoplaydi.

Ma’lumot uchun, «Quvasoysement» AJ yuqori sifatli mineral qo‘shimchali portlandsement, tarkibida gips va ohakli birlashtiruvchi aralashmalar, qovurg‘ali asbest sement listlar, keramik cherepitsalarni ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanadi. Kompaniya O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasi bozoriga yuqori sifatli qurilish materiallarining yetakchi va yirik yetkazib beruvchilaridan biri.

kvarts, quvasoycement, даvaктив

«Kvars» O‘zbekistondagi eng yirik silliqlangan shisha listlari va shisha idishlar ishlab chiqaruvchisi bo‘lib, ichki bozorda shisha qadoqlari va listlari ishlab chiqarishning qariyb 50 foizi hamda shisha bankalar ishlab chiqarishning 95 foizi ulushiga ega. Jamiyat daromadi 2021 yilda 423 mlrd so‘mni tashkil etgan, bu 2020 yilga nisbatan 37 foizga o‘sgan.