Iqtisodiyot va moliya vazirligi янvaрь oyining birinchi yarmida davlat budjeti daromadlari o‘rtasidagi salbiy farqni иш haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalarni to‘liq moliyalashtirish hamda yil boshida odatda budjet tushumlarining kam bo‘lishi bilan izohladi.

«Gazeta.uz» янvaрнинг 8 kunida davlat budjeti xarajatlari daromaddan 2,3 baravar ortib, defitsit 5,5 trln so‘mga yetgani, bu 2023 yil uchun defitsit kutilmasining beshdan bir qismidan ko‘proq (25,1 trln so‘m) ekani haqida yozgandi. Vazirlik esa daromad va xarajatlar bo‘yicha ma’lumot berishni to‘xtatgani keltirib o‘tilgan.

Vazirlikning bildirishicha, 2023 yil yanvar oyida mamlakatda havo haroratining keskin sovib ketishi hamda energiya resurslariga talabning keskin oshishi tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib berishdagi uzilishlar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish hajmlariga salbiy ta’sir qildi.

Bu qariyb 30 ming tadbirkorlik subyektlarining soliq qarzdorligining 1,2 trln so‘mga o‘sishiga olib keldi va budjet tushumlarining to‘liq tushishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.

Bu sharoitda tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida prezident qarori bilan ularning soliq qarzdorliklari bo‘yicha penya hisoblashni to‘xtatish, soliq qarzdorliklarini bo‘lib to‘lash, moddiy javobgarliklarga tortmaslik, kredit to‘lov muddatlarini uzaytirish hamda aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit olish shartlarini yengillashtirish kabi choralar belgilandi.

budjet daromadlari 2022 yilning yanvar oyida 13,4 trln so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, 2023 yil yanvarida 14,9 trln so‘mni tashkil qildi. Soliq qarzdorligi oshmagan taqdirda, daromadlar o‘sish sur’atining yuqoriroq bo‘lishi kutilgandi.

budjet taqchilligini yillik tasdiqlangan ko‘rsatkich doirasida bo‘lishini ta’minlash uchun, odatda, yil davomida soliq-budjet sohasida tegishli choralar ko‘riladi. Moliya yili ichida esa daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi tafovut o‘zgarib turishi mumkin, — deyiladi vazirlik xabarnomasida.

Qayd etilishicha, Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda e’lon qilib boriladigan ma’lumotlar ro‘yxati, ularning davriy chop etishning aniq sanalari (iqtisodiy kalendar) ishlab chiqilmoqda va bu to‘g‘risida yaqin kunlarda rasmiy axborot beriladi.

«Gazeta.uz» vazirlikdan yil boshidan buyon davlat budjeti daromadlari va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘radi, biroq hozircha javob olinganicha yo‘q.