Samarqand viloyati Toyloq tumanida elektr energiya hisob-kitobini noqonuniy ravishda kamaytirib kelgan tadbirkor aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.

Energetika vazirligi huzuridagi «Oʼzenergoinspeksiya» Samarqand hududiy bo‘limi tomonidan Toyloq tumani elektr ta’minoti korxonasida iste’molchilarning elektr energiyasidan foydalanishdagi qoidalarga rioya yuzasidan tekshiruv o‘tkazildi. O‘rganish davomida «O.Ye» MCHJ tomonidan foydalanilgan elektr energiyasining hisob-kitobi miqdori sun’iy ravishda kamaytirilgan holda hisobotlar elektr ta’minoti korxonasiga taqdim etib kelingani aniqlandi.

Oqibatda elektr ta’minoti manfaatlariga jami 1,8 milliard so‘m zarar yetkazildi.

Holat bo‘yicha qoidabuzar MCHJga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.