AQSh, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston Business 5+1 — davlat-xususiy muloqot biznes-platformasini ishga tushirmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha byurosi xabar berdi.

“B5+1 mintaqaviy iqtisodiy integratsiya va islohotlar, davlat-xususiy muloqot, innovatsiyalar va xorijiy investitsiyalar orqali iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlaydi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, B5+1 formatidagi birinchi uchrashuv 2024-yilda Olmaotada bo‘lib o‘tadi.

Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlarining sentabr oyida Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan S5+1 formatidagi sammitida maxsus biznes platforma yaratish bo‘yicha kelishuvga эришилганэди. Platforma S5+1 dasturini to‘ldirishi hamda Markaziy Osiyo va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashi kutilmoqda.