Makro supermarketlar tarmog‘i rasman savdo-ko‘ngilochar markazini tark etdi, deya xabar bermoqda Spot.

Bu Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudi Makro`ning da’volarini qondirishdan bosh tortgandan keyin amalga oshirildi.

7 yanvar kuni O‘zbekistondagi Carrefour brendini boshqaradigan Majid Al Futtaim kompaniyasi Samarqand Darvoza`da Makro o‘rnida supermarket ochishni e’lon qildi. Makro supermarketlar tarmog‘i boshqaruvchisi Roman Sayfulin buni «syupriz» deb atagan edi.

Kompaniya ularning huquqlari qo‘pol ravishda buzilgan deb hisoblagan — savdo va ko‘ngilochar markaz ijaraga berish shartlarini boshqa da’vogarlar bilan teng sharoitlarda taklif qilish majburiyati bo‘lgan. Muammoni hal qilib bo‘lmagani uchun kompaniya sudga murojaat qilgan. Shu bilan birga, yanvar oyi oxirida Samarqand Darvoza xodimlari Makro savdo maydonchasi va omborini elektr energiyasisiz qoldirganlar.

Savdo markazining vakillari sudda Carrefour bilan shartnoma tuzilmaganligi va «Gazeta.uz»da e’lon qilingan xabarni (Carrefour Makro o‘rnini egallashi haqida) Makro ta’kidlayotgan ustun huquqni qo‘llash uchun yetarli asos deb hisoblamagan, deb yozadi Spot.

Shu munosabat bilan, Makro 24 mart kuni Samarqand Darvoza`dagi joyini to‘liq bo‘shatdi va tashqi reklama konstruksiyalari olib tashlandi. Kompaniya shu bilan ushbu masala yopilganini ma’lum qildi.